31 maygacha internet-to‘plamlarni yarim narxida oling!
Koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashga yurtimizdagi uyali aloqa operatorlari ham hissa qo‘shishda davom etmoqda. Jumladan, Mobiuz (sobiq Universal Mobile Systems – UMS) internet-to‘plamlarga chegirma e’lon qildi.
O‘QING: UzMobile va mobiuz'ning 20 mingdan 70 minggacha bo‘lgan tarif rejalari bilan tanishing
Xabarga ko‘ra, 21 maydan 31 maygacha 1000, 2000 va 3000 MBlik to‘plamlarni abonentlar 30 kunga 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.
11 000 so‘mga 1000 MB, 16 500 so‘mga 2000 MB va 22 500 so‘mga 3000 MB hajmidagi to‘plam beriladi.
1000 MB sotib olish uchun *102*0001# kodini tering.
2000 MB sotib olish uchun *102*0002# kodini tering.
3000 MB sotib olish uchun *102*0003# kodini tering.
To‘plamlar soni cheklanmagan, ular faqat jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.
O‘QING: Bilayn abonentlarini laqillatgan «ViaMobi» MChJga qarshi ish qo‘zg‘atildi