31 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga allaqachon MIUI 12 tarqatilmoqda!

  •   DiMaX
  •  3327
  •  04.12.2020 16:43

31 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga allaqachon MIUI 12 tarqatilmoqda!

Avvalroq biz uchinchi to‘lqinda barqaror MIUI 12 proshivkasiga yangilanayotgan smartfonlari ro‘yxatini chiqargan edik. Xiaomi kompaniyasi esa xalqaro bozordagi MIUI 12 global proshivkasi tarqatilgan modellarning yangilangan ro‘yxatini taqdim etgan.

O‘QING: Global bozordagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga jami 76 ta barqaror MIUI 12 proshivkalari chiqdi (to‘liq ro‘yxat)

Hozirgi kunga kelib esa, Android operatsion tizimining turli talqinlariga asoslangan MIUI 12 grafik qobig‘i allaqachon 31 modeldagi smartfonga taqdim etilgan. Kompaniya bu to‘g‘rida Twitter tarmog‘idagi rasmiy MIUI sahifsi orqali xabar berdi.

Shunday qilib, shu kungacha o‘n ikkinchi avlod grafik interfeysli proshivkagacha yangilanayotgan smartfonlar ro‘yxati quyidagicha:

Agarda shu modellardan biriga mansub smartfon ishlatayotgan bo‘lsangiz, tizim yangilanishlarini tekshirib ko‘ring. Bordiyu sizga MIUI 12 proshivkasi hali kelmagan bo‘lsa, xavotir olmang – apdeyt bosqichma-bosqich tarqatilmoqda.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida esa mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Redmi 9 Power namoyish kuni ma’lum: bunisi qanaqa smartfon bo‘ldi endi?