340 dollarlik Realme 7 5G smartfonini 2 kun davomida atigi 200 dollarga olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1405
  •  20.01.2021 10:58

340 dollarlik Realme 7 5G smartfonini 2 kun davomida atigi 200 dollarga olish mumkin!

O‘tgan yilning noyabrida OPPO kompaniyasining arzonchi subbrendi Yevropada o‘zining Realme 7 5G modelini namoyish qilgan edi. Ushbu qurilma 279 yevro (taxminan 340 AQSh dollari) narxi bilan eng arzon 5G-smartfon bo‘lgan.

O‘QING: realme 7 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Kompaniya o‘zining AliExpress savdo maydonchasidagi rasmiy do‘konida aksiya joriy etdi – unda Realme 7 5G smartfonini maxsus narxda taklif qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Realme 7 5G diagonaliga 6.5 dyuymlik, IPS matritsali LCD-ekranga ega. Displeyining tasvir aniqligi FHD+ formatida bo‘lsa, kadr yangilanish chastotasi 120 gerslik; undagi tirqishga 16 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan.

O‘QING: Realme va Redmi’larning hamyonbop 5G-smartfonlari kushandasini Samsung tayyorlamoqda!

Realme 7 5G modelining «elektron yuragi» – 7 nanometrlik, o‘zida 5G-modemli MediaTek Dimensity 800U protsessoridir. Smartfon tok sig‘imi 5000 mA/soatlik, 30 vattlik tezkor quvvatlanuvchi akkumulyatori bilan ham maqtana oladi. Kvadrokamerasi 48 + 8 + 2 + 2 megapiksellik datchiklarni o‘z ichiga oluvchi qurilma 6/128 gigabaytlik xotiraga va Android 10 operatsion tizimiga ega.

AliExpress internet-do‘konida Realme 7 5G smartfoni uchun 219 dollarlik narx belgilangan. Lekin kikki kun davomida uning xaridida 20 dollarlik chegirma kuponi amal qiladi. Demak, uni bor-yo‘g‘i 199 dollarga olish uchun shu mana bu havola orqali o‘tib, buyurtma berishingiz mumkin.

O‘QING: Xiaomi yangi rekordi bilan Realme’ni «joyiga o‘tirg‘izib» qo‘ydi!