35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

Ko‘pchiligimiz Telegram'dan foydalanamiz, uning foydalanuvchi uchun qulay interfeysga egaligi va shiddat bilan ishlashini sevamiz. Ammo mana shu platformani yaratgan va ba’zida «rossiyalik Mark Sukerberg» deb ataluvchi, 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Pavel Durov haqida nimalarni bilamiz?

Keling, quyida Durov haqida 10 ta fakt bilan tanishib chiqamiz.

1. Yoshlik davri

O‘zi Sankt-peterburgda tug‘ilgan bo‘lsa–da, Durov bolalik yillarining aksariyat qismini Italiyaning Turin shahrida o‘tkazgan. Chunki otasining kasbi Turin bilan bog‘liq bo‘lgan.

17 yoshga to‘lguniga qadar ota-onasi bilan Italiyada yashagan. Maktab paytidanoq Durov texnologiyalarni yaxshi tushunardi. Universitetda o‘qib yurgan yillari Sankt-peterburgdagi talaba do‘stlari uchun onlayn kutubxona yaratib bergan va u yerda kitob va qaydlarni boshqalar bilan ulashish mumkin bo‘lgan.

2. Telegram ilovasini akasi bilan 2013-yilda yaratgan

Raqib WhatsApp messenjeri va Facebook yoki Twitter kabi boshqa ijtimoiy tarmoqlar singari Telegram ham go‘yoki bir asrdan beri mavjud bo‘lgandek tuyuladi, ammo aslida bunday emas. Boshqa tarmoqlarga taqqoslaganda, Telegram anchayin yosh.

Akasi Nikolay Durov bilan birgalikda Pavel Telegram ustida 18 oy davomida ishlab, ilova yaratgan. Sabab? Aka-uka «bir vaqtning o‘zida ham qiziqarli, ham xavfsiz» tarmoq yaratishni xohlashgan. Telegram taqdim qilingan paytda ruslar o‘zlarining onlayn va offlayn hayotdagi xavfsizliklaridan xavotirda edi. Aka-ukalar taqdim qilgan ochiq va notijorat platforma ayni mana shu xavotirlarga barham bergan.

3. «Rossiyalik Mark Sukerberg»

Agar Durov bu nomga faqat Telegram'ni yaratgani uchun erishgan, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Pavel Durov VKontakte'ni ham yaratgan. 2006-yilda ishga tushirilgan ushbu tarmoq hali ham rossiyalik foydalanuvchilar orasida eng ommabop platformalardan. VKontakte'dan faqat Rossiyada emas, boshqa davlatlarda ham foydalanishadi.

4. Yaxshi fikrlar o‘ylab topish uchun bir oy ro‘za tutgan

O‘tgan yili 6-iyun sanasida Durov oy oxirigacha ovqatlanmaslikka qaror qilganini e’lon qilgan. Sabab nima deysizmi? Telegram'ni yaxshilash uchun yangi fikrlar o‘ylab topish umidi!

Aftidan, Durov ovqat yemaslik bilan yaratuvchanlik qobiliyatini oshirishga umid qilgan.

Durovning bu maqsadini olqishlasa arziydi, ammo bu qarorning sog‘likka ta’siri haqida bir nima deyish qiyin. Lekin siz quyida ko‘rib turgan bu rasm Durov ro‘za tutayotgan paytda olingan va uning sog‘ligi anchayin yaxshi ko‘rinadi:

5. Salomatligi

2017-yil oktyabr oyida Durov salomatligini yaxshilash uchun voz kechgan narsalari ro‘yxatini e’lon qilgan. Ular qatoriga:

• Alkogol;
• Go‘sht;
• Farmatsevtik dorilar;
• Kofe, qora va ko‘k choy, energetik ichimliklar;
• Fast fud, shakar va soda (ichimlik);
• Televizor va uning analoglari kiradi.

Durovning fikricha, yuqoridagi ro‘yxatda keltirilgan narsalarga mukkasidan berilib ketish hech gap emas va ular miyaga ta’sir qiladi.

6. 2014-yilda Rossiyani tark etgan

Ba’zida qanot yozib parvoz etish uchun o‘z yeringni tark etishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham, Durov 2014-yil aprel oyida Rossiyani tark etgan. Bunga sabab VKontakte va Rossiya hukumati o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar bo‘lgan.

O‘sha yilning 16-aprel kuni Durov ukrainalik isyonchilar ma’lumotlarini Rossiya xavfsizlik agentliklariga topshirish va Aleksey Navalinning Vkontakte'dagi sahifasini bloklashdan bosh tortgan.

Shunday qilib, Durov mamlakatni tark etgan va qaytib kelish niyati ham yo‘q ekanligini bildirgan. O‘sha paytda Durov Rossiyani: «... ayni damda internetda biznes qilishga mos emas», — deb atagan.

7. TON'ni yaratish uchun 1.7 milliard dollar yig‘gan

2018-yilda akasining yordami bilan TON (Telegram Open Network — Telegram ochiq tarmog‘i) ni yaratish uchun Durov 1.7 milliard dollar yig‘gan.

Sodda qilib aytganda, TON Telegram'ning kengayirilgan talqini bo‘lib, u orqali to‘lovlar amalga oshirish mumkin, tarmoqdan fayllarni saqlash, senzurasiz brauzer sifatida foydalanish imkoni mavjud.

8. Ayollarga qiziqadimi?

Ko‘plab manbalarning bildirishicha, Durovning Daria Bondarenko ismli qonuniy ayoli bo‘lgan va yana aytishlaricha, ulardan ikki farzandi ham dunyoga kelgan.

Daria Bondarenko

Ammo ba’zilar Durov modellar Alena Shishkova va Vika Odintsovalar bilan ham munosabatda bo‘lgan, deydi. Hozircha, bu gaplar rost yoki yolg‘on ekani tasdiqlanmagan.

9. Durov WhatsApp'ni yoqtirmaydi

Raqiblarni yoqtirmaslik tabiiy tuyulishi mumkin. Ammo WhatsApp'ni yoqtirmaslikka Durovning bir necha asosli sababi bor. Bu haqda hatto butunboshli maqola ham yozgan:

«Telegram'dan farqli o‘laroq, WhatsApp ochiq manbali tarmoq emas. Shuning uchun, xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchilar uning kodida muammolar bor-yo‘qligini tekshira olmaydi. Oddiy qilib aytganda, WhatsApp'dagi xato va kamchiliklarni tekshirishning imkoni yo‘q». Durovning: «WhatsApp 10 yildan beri mavjud bo‘lgan bo‘lsa, mana shu davr oralig‘ida biror bir kun bo‘lmaganki, bu tarmoq xavfsiz bo‘lgan bo‘lsa», deydi.

10. U qora rangni yaxshi ko‘radi, judayam

Agar Durovning Instagram sahifasini kuzatib borsangiz, bu fikrga siz ham qo‘shilasiz.

Mana bitta isbot:

Bu esa ikkinchisi:

O‘ylaymizki, Pavel Durov haqida o‘qish orqali uning shaxsi haqida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ldingiz.

O‘QING: Telegram asoschisi barcha iPhone egalarini tashvishlantiruvchi yettita sababni aytdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!