36 yoshga to‘lgan Pavel Durov sog‘lom bo‘lish va yosh ko‘rinish sirlarini ochdi

  •   DiMaX
  •  1498
  •  10.10.2020 17:46

36 yoshga to‘lgan Pavel Durov sog‘lom bo‘lish va yosh ko‘rinish sirlarini ochdi

Telegram messenjeri qanchalik ommabop bo‘lsa, uning asoschisi Pavel Durov ham shunchalik mashhur. Bugun – 2020 yilning 10 oktyabrida u 36 yoshga to‘ldi; shu munosabat bilan sog‘lom va yosh ko‘rinish borasidagi maslahatlarini e’lon qildi.

O‘QING: 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

Durovning maqolasini Telegram Uzbekistan o‘zbekchalashtirib e’lon qilgan va unda shunday deyiladi:

Men 36 yoshdaman va ba’zi odamlar men o‘z yoshimdan yoshroq ko‘rinishga qanday erishganimni so‘rashadi. Men xuddi shu savolni yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lgan ko‘p odamlarga bergan edim (Jared Letodan tortib 50 yoshda 25 yoshga o‘xshagan ba’zi fitnes-murabbiylarigacha). Barcha yosh ko‘rinadigan odamlar quyidagi qoidalarga rioya qilmoqdalar:

  1. Spirtli ichimliklar ICHMASLIK.

Bir-bir istisnolar bo‘lishi mumkin, ammo umuman olganda, spirtli ichimliklar (o‘ziga o‘rgatib qo‘yadigan boshqa moddalar singari) odamlarning sog‘lig‘ini zaiflashtiradi va yoshini kattaroq ko‘rsatadi.

  1. KO‘P uxlash.

Uyqu paytida tana o‘zini qayta tiklaydi. Shunday ekan, bu vaqtni undan ayirmang: hafta davomidagi uyqusizlikni dam olish kunlaridagi to‘yib uxlash bilan qoplab bo‘lmaydi.

  1. Keragidan ortiqcha YEMANG.

Ortiqcha vazn odamlarni yoshi kattaroq qiladi va o‘nlab kasalliklarga olib keladi. Men odatda kuniga ikki marta 6 soatlik tanaffus bilan yoki kuniga bir marta, orada hech bir tamaddisiz ovqatlanaman. Kuniga uch martadan ortiq ovqatlanish – shunchaki (yomon) odat.

  1. Jismoniy MASHQ QILISH.

O‘rtacha, ammo muntazam jismoniy mashqlar odamga sog‘lom va uzoq umr ko‘rishga imkon beradi. Shaxsan men ko‘p kardiomashq qilmayman (men toza havoda yurishni/velosipedda uchishni/suzishni xush ko‘raman) va o‘rtacha vazndan foydalanishni afzal ko‘raman.

  1. Stressni CHEKLASH.

Bir yaxshi fikrni tushunishga yordam beradigan psixologik yondashuvlar mavjud: barcha sodir etayotgan voqealar faqat yaxshilikkadir. Salbiy vizualizatsiya va umumiy beparvolik kabi stoik usullar ham ish beradi. Tabiatga yaqin yashash yuqorida aytilganlarga qo‘shilib yordam beradi.

  1. Go‘sht ISTEMOL QILMANG.

Dengiz mahsulotlari va yovvoyi ovlangan baliqlarni iste’mol qilish yaxshi, lekin yetishtirilgan qizil go‘sht — bu yoshroq ko‘rinishga ega bo‘lgan odamlarning aksariyati voz kechadigan tanlovdir. Menimcha, bunday go‘shtning zararli xususiyati chorva mollarini ko‘paytirish va o‘ldirish (o‘sish gormonlari, ozuqa va h.k.) bilan bog‘liq.

  1. YOLG‘IZLIKda yashash.

Ajablanarlisi shundaki, men suhbatlashgan barcha o‘rta yoshli yoshlar umrining ko‘p qismini yolg‘iz yashagan. Bu ularning boshqa odamning uxlash/ovqatlanish/xulq-atvoridan mustaqilligi natijasi bo‘lishi mumkin. Yoki, ehtimol, zararli ijtimoiy normalardan mustaqil bo‘lgan odamlar shunchaki shaxsiy hayotlarida ham mustaqil bo‘lishadi.

Qizig‘i shundaki, ushbu tavsiyalarning aksariyatiga ilmiy jihatdan asoslar topish mumkin (hatto so‘nggi maslahat ham asosli: yolg‘iz uxlash uyqu sifatini yaxshilaganligini ko‘rsatadigan bir nechta tadqiqotlar mavjud). Men 10 yildan ko‘proq vaqt davomida ushbu ko‘rsatmalarga rioya qilib kelmoqdaman. Tan olaman, ishimning mohiyati tufayli «ko‘proq uyqu» degan ko‘rsatmaga rioya qilish – men uchun eng qiyinidir.

Agar siz mening yoshimning yarmida bo‘lsangiz va eng muhim narsa nima deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, unda:

HECH QACHON SPIRTLI ICHIMLIK ICHMANG.

Spirtli ichimliklardan voz kechganingizdan so‘ng, siz o‘zingiz uchun nima yaxshi va nima yomon ekanligini aytib beradigan sezgingizni (ichki his, intuitsiya) bo‘g‘ishni to‘xtatasiz. Siz o‘zingiz bilishingiz kerak bo‘lgan hamma narsaga o‘zingiz yetishasiz va boshqalarning maslahatiga bog‘liq bo‘lmaysiz.

O‘QING: Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.