3687 mAs batareyali Phone 12 Pro Max avtonomligi yuqorimi, yoki 5000 mAs akkumulyatorli Galaxy S21 Ultra? («Jonli» test videosi)

  •   DiMaX
  •  2188
  •  03.03.2021 16:15

3687 mAs batareyali Phone 12 Pro Max avtonomligi yuqorimi, yoki 5000 mAs akkumulyatorli Galaxy S21 Ultra? («Jonli» test videosi)

 iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro avtonomlik testida nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Biroq iPhone 12 Pro Max avtonomligini Galaxy S21 Ultra flagmaniniki bilan taqqoslab ko‘rib, PhoneBuff kanali mualliflari hayron qolishdi...

O‘QING: 108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

Apple’ning ayni damdagi eng kuchli smartfoni bo‘lgan ushbu model 3687 mA/soatlik bo‘lsa-da, naq 5000 mA/soatlik Samsung flagmanidan ustun keldi! Robotlashtirilgan manipulyatorlarni qo‘llagan holda bu ikki qurilmani test qilib ko‘rgan tadqiqotchilarning o‘zlari ham bunday natijani kutmagan bo‘lsalar kerak.

Mana, sinov jarayonlari aks etgan videolavhani tomosha qilamiz:

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy S21 Ultra quvvati butkul tugaganida iPhone 12 Pro Max akkumulyatorida hali 10% zaryad qolgan. Bir qarashda farq uncha katta emasdek, biroq shu qolgan quvvatning o‘ziyoq bir soat brauzer yoki Instagram titkilashga, yo bo‘lmasa bir soatga yaqin GPS modulini ishlatishga yetadi.

Adolat yuzasidan aytib o‘tish kerakki, Samsung flagmanining nafaqat batareya tok sig‘imi, balki ekrani raqibinikidan kattaroq. Unda tasvir aniqligi ham yuqoriroq, tag‘in kadr yangilanishining 120 gerslik chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi.

O‘QING: Galaxy S21 Ultra yangi reytingda atigi 17-o‘rin bilan Samsung obro‘sini bir pul qildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.