38 modeldagi Xiaomi smartfoni barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanmoqda (to‘liq ro‘yxat)

  •   DiMaX
  •  2801
  •  05.01.2019 18:28

38 modeldagi Xiaomi smartfoni barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanmoqda (to‘liq ro‘yxat)

Xiaomi korporatsiyasi o‘z mobil qurilmalari uchun MIUI 10 grafik qobig‘ini 2018 yilning 31 mayida rasman namoyish etgandi. Ammo unga asoslangan yakuniy proshivkalarni turli rusumlardagi smartfonlarga tarqatish esa sentyabrdan boshlangan.

O‘QING: Yana uchta Xiaomi smartfoni barqaror global MIUI 10’gacha yangilanmoqda!

Manbalarning xabar berishicha, «Xitoycha Apple» o‘zining 38 ta rusumdagi smartfonini yakuniy versiyadagi MIUI 10 proshivkasigacha yangilamoqda. Telefonning modeliga qarab, ular har xil talqindagi Android operatsion tizimi bazasida ishlab chiqilgan.

Xullasi kalom, ayni kunlargacha MIUI 10 grafik qobig‘idagi yakuniy proshivka quyidagi smartfonlar uchun tarqatilayotir (ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan):

  1. Mi 4
  2. Mi 4C
  3. Mi 4S
  4. Mi 5
  5. Mi 5s
  6. Mi 5s Plus
  7. Mi 6
  8. Mi 6X
  9. Mi 8
  10. Mi 8 Explorer Edition
  11. Mi 8 Lite
  12. Mi 8 SE
  13. Mi Max
  14. Mi Max 2
  15. Mi Max 3
  16. Mi MIX
  17. Mi MIX 2
  18. Mi MIX 2S
  19. Mi MIX 3
  20. Mi Note 2
  21. Redmi 3S
  22. Redmi 4
  23. Redmi 4A
  24. Redmi 4X
  25. Redmi 5
  26. Redmi 5 Plus
  27. Redmi 5A
  28. Redmi 6
  29. Redmi 6 Pro
  30. Redmi 6A
  31. Redmi Note 3
  32. Redmi Note 4
  33. Redmi Note 4X (MediaTek)
  34. Redmi Note 4X (Qualcomm)
  35. Redmi Note 5
  36. Redmi Note 5A
  37. Redmi Pro
  38. Redmi S2

Ushbu rusumlardagi qurilmalar MIUI 10 bazasidagi proshivkagacha yangilana boshlagan, ammo bu apdeyt bosqichma-bosqich tarqatilayotgani bois, O‘zbekistondagi foydalanuvchilarga sal keyinroq kelishi ham mumkin.

O‘QING: RASMAN: Xiaomi hech qachon MIUI 10’gacha yangilanmaydigan 20 ta modeldagi smartfonlarini e’lon qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!