394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  5018
  •  03.06.2020 16:56

394 dollarlik Redmi K30 Pro ming dollarlik iPhone 11 Pro Max’ni jangga chorladi! («jonli» video)

Yaqinda biz 900 dollarlik OnePlus 8 Pro tezkorligini undan bir yarim baravar qimmat Samsung Galaxy S20 Ultra’niki bilan taqqoslab ko‘rsatilgan videoni e’lon qilgan edik. Endi esa arzonchi xitoyliklarning flagmanini amerikaliklarning eng zo‘r smartfoni bilan solishtiramiz.

O‘QING: To‘rt yil avvalgi smartfon barcha iPhone va iPad’lardan ustun keldi! (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

Redmi K30 Pro modeli taqdim etilganida, xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra unga 423 – 522 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan. Eng kuchli Android-protsessorga, ya’ni Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 865 platformasiga ega bo‘lgan bu eng arzon smartfon narxi keyinchalik yanada – 394 dollargacha pasaytirilgan.

TechNick nomli YouTube-kanal muallifi shu arzon flagmanning samaradorligini narxi ming dollardan boshlanuvchi iPhone 11 Pro Max bilan solishtirib ko‘rsatdi. Tajriba jarayonida bloger har ikkala modelni turli ssenariylarda sinab, shu jumladan bir xil ilovalarni ishga tushirib ko‘rgan.

Ikkala devaysning «sovuq start», ya’ni orqa fonda ishlab turgan ilovalarsiz yoqilishi tekshirilganida, Redmi K30 Pro bunga atigi 16 soniya sarflagan, raqibiga esa buning uchun 25 soniya kerak bo‘lgan.

Sinovning ikkinchi bosqichida bloger 27 xil ilovaning ketma-ket ochilish vaqtini tekshirgan. Ularning yigirmatasida xitoyliklarning smartfoni raqibini yenggan, iPhone 11 Pro Max esa ayrim o‘yinlarni ochishdagina ustun kelgan.

So‘nggi imtihonda esa yig‘ib qo‘yilgan – o‘chirib yubormasdan orqa fonda ishlab turgan dasturlar soni tekshirilgan. Bunda kupertinoliklar vakili 7:2 hisobida g‘olib kelgan.

Umumiy natijalarga ko‘ra, Redmi K30 Pro smartfoni zamonamizning eng kuchli mobil protsessoriga ega bo‘lgan Apple flagmanini 23:15 hisobi bilan mag‘lub etgan. Qoyilmisiz?

O‘QING: Redmi K30 Pro olgan yaxshimi yoki Xiaomi Mi 10 Pro? «Jonli» videoda taqqoslaymiz!