3D printer orqali iPhone SE+ 5G'ning qolipi yasaldi

3D printer orqali iPhone SE+ 5G'ning qolipi yasaldi

iPhone SE'ning 2022 yilgi versiyasi o‘lchamlari hamda umumiy dizayni avvalgi 2020 yilgi modelniki bilan o‘xshash bo‘ladi. Biroq old paneldagi qalin romlar qurilmadan olib tashlanishi ham mumkin. 

3D printerda yasalgan smartfon qolipida “UY“ tugmasi yo‘q. Demak, yangi iPhone SE+ modeli iPhone 8'ga emas, balki iPhone X'ga o‘xshaydi. Shunday bo‘lsa-da, “Uy“ tugmasining yo‘qligi SE+ barmoq izi skaneridan Face ID'ga o‘tishini kafolatlamaydi. 

Boshqa barcha tugmalar o‘z o‘rnida qolgan. Hatto telefonning o‘lchamlari ham bir xil - 138,4 x 67,3 x 7,3 mm. Ehtimol hozirgi SE uchun ishlab chiqilgan g‘iloflar yangi modelga ham mos kelishi mumkin. 

Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone SE+ mart yoki aprel oylarda yangi iPad Air bilan birga taqdim etiladi. 

O‘QING: Barcha iPhone 14 modellari 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi displey bilan jihozlanadi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!