4 GB "operativka", kuchli kamerali hamyonbop Samsung Galaxy On Max sotuvga chiqdi

4 GB

Samsung Electronics kompaniyasi o‘tayotgan haftada yangi Android smartfonni sotuvga chiqardi. Hamyonbop gadjet "Galaxy On" turkumiga mansub bo‘lib, Galaxy On Max nomini olgan.

Samsung Galaxy On Max jihatlariga ko‘ra Galaxy J7 Max smartfonini eslatib yuboradi. Misol uchun, bu smartfonda ham selfi-kameraga xizmat qiluvchi old fotochaqnoq mavjud. Biroq, Galaxy On Max orqa paneldagi ogohlantirishlardan xabar beruvchi, bosh kamera atrofini o‘rab olgan svetodiodli Smart Glow 2.0 LED halqasidan mahrum bo‘lgan.

Metall korpusli Samsung Galaxy On Max 5.7 dyuymli, 2.5D shaklidagi shisha bilan qoplangan FHD (1080p) sig‘imli ekran, 8 yadroli Helio P25 chipi, Mali T880 video-kartasi bilan ta’minlangan. Devays 4 gigabaytli tezkor va 32 gigabaytli doimiy xotiraga ega. Qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi 256 gigabaytgacha bo‘lgan fleshkani o‘qiydi.

Samsung Galaxy On Max sig‘imi elektr toki 3,300 mA soat bo‘lgan akkumulyatordan quvvat oladi.

Samsung Galaxy J7 Pro kabi, yangi gadjet uchun ham yorug‘lik linzalari hajmi f/1.7 va  F/1.9 bo‘lgan 13 megapikselli bosh hamda old kamera sensorlari tanlangan. Ularning har ikkalasi fotochaqnoqqa ega.

2 ta SIM-kartali Samsung Galaxy On Max  Android 7.0 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi hamda aloqaning WiFi, Bluetooth 4.1, LTE, A GPS tarmoqlarida ishlaydi. Smartfonda barmoq izlari skaneri mavjud. Bu skanerdan Samsung Pay Mini tizimida foydalanish mumkin.

Samsung Galaxy On Max 260 AQSh dollaridan hozircha Hindistonda sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!