4 iyulgacha barqaror MIUI 12’ga yangilangan va tez orada yangilanadigan barcha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  5425
  •  04.07.2020 09:36

4 iyulgacha barqaror MIUI 12’ga yangilangan va tez orada yangilanadigan barcha Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari ro‘yxati

Xiaomi korporatsiyasi o‘zining 13 ta rusumdagi smartfonlariga barqaror MIUI 12 proshivkalarini tarqata boshlagan edi. Lekin kompaniya 16 xil qurilmalarini ushbu talqindagi muntazam yangilanishlardan mahrum etgan.

O‘QING: Faqat mana shu smartfonlargina MIUI 12’ning turli yangi imkoniyatlariga ega bo‘lar ekan!

Androidcentral nashri global va barqaror MIUI 12 asosidagi proshivkalar allaqachon tarqatilayotgan hamda ushbu apdeytni yaqin orada qabul qiladigan smartfonlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, shu bugungacha quyidagi smartfonlar uchun barqaror versiyadagi MIUI 12 proshivkalari ishlab chiqilgan va tarqatilmoqda:

  1. Xiaomi Mi 10 Pro
  2. Xiaomi Mi 10
  3. Xiaomi Mi Note 10 Lite
  4. Xiaomi Mi 9
  5. Xiaomi Mi 9 Pro 5G
  6. Xiaomi Mi 9T
  7. Xiaomi Mi 9T Pro
  8. Redmi K30
  9. Redmi K30 5G
  10. Redmi K30 Pro
  11. Redmi K20
  12. Redmi K20 Pro
  13. Redmi Note 9
  14. Redmi Note 8 Pro
  15. POCO F2 Pro
  16. POCO X2

Agarda ushbu ro‘yxatga kirgan modellardan birini ishlatayotgan bo‘lsangiz, tizim yangilanishlarini tekshirib ko‘ring – proshivka dunyo bo‘ylab bosqichma-bosqich tarqatilyapti.

O‘QING: «Redmi K40 Pro’ga nimalar qo‘shaylik?» deya kompaniya bosh direktori so‘rayapti

Xiaomi vakillarining ta’kidlashlaricha, global MIUI 12 proshivkasi yana quyidagi skrinshotda nomlari keltirilgan barcha smartfonlarga yaqin orada yuboriladi:

Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi naq 50 karra zumli hamyonbop kamerofonini yana 42 dollarga arzonlashtirdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!