4-mart kuni Xiaomi'ning sizga tayyorlagan yana bir sovg‘asi bor!

4-mart kuni Xiaomi'ning sizga tayyorlagan yana bir sovg‘asi bor!

Kuni kecha Redmi Note 10 4G/5G va Redmi Note 10 Pro 4G/5G smartfonlari 4-mart (4/3/21) kuni taqdim qilinishi haqida yozgan edik. Endi tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Xiaomi xuddi shu kuni Redmi Note 10 Pro Max smartfonini ham e’lon qiladi.

O‘QING: Xiaomi eng zo‘r kamerofoni va hamyonbop flagmaniga Android 11 tarqatyapti

Hozirga qadar Redmi Note 10 modellari borasida juda ham kam ma’lumotga egamiz. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, qurilmalar 4-mart kuni taqdim qilinadi, ular Gorilla Glass shishasi bilan himoyalangan, IP52 darajasidagi chang va suvdan himoyaga ega bo‘ladi. Kamida bitta smartfon yassi ekran, aylanasimon selfi kamera tirqishi, qayrilma orqa panel va yon tomonda joylashgan barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi.

Insayderlardan biri bergan yana bir xabarga ko‘ra, Redmi Note 10 seriyasi tarkibida kamida uchta: Redmi Note 10, 10 Pro va 10 Pro Max qurilmalari bo‘ladi. Taxminimizcha, reklama bannerlaridagi smartfon standart Redmi Note 10 bo‘lishi kerak. Ushbu model 120Hz LCD panel va Snapdragon 735G chipiga ega bo‘lishi aytilmoqda. Pro model esa OLED displey, yuqori chastotali audio, 108MP asosiy kamera, tezkor quvvatlash va Snapdragon 750G SoC'ga ega bo‘ladi.

Redmi Note 10 Pro Max smartfoni haqida hozircha juda kam ma’lumotga egamiz. Aytishlaricha, devaysning 8/128GB va 6/128GB lik talqini bo‘ladi. Rangi esa uch xil: ko‘k, qora va bronza bo‘lishi kutilayotir. Nomidan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu model Pro versiyadan ko‘ra kattaroq ekran yoki akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Hozircha bizda bor ma’lumotlarning bari shugina xolos. Smartfonlar haqida batafsil #XiaomiRedmiNote104G, #XiaomiRedmiNote105G, #XiaomiRedmiNote10Pro4G, #XiaomiRedmiNote10Pro5G, #XiaomiRedmiNote10ProMax heshteglari orqali o‘qing.

O‘QING: Xiaomi’ning ilk elektromobili shaxsan kompaniya rahbarining nazoratida!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!