4200 dollarlik 5G-smartfon savdoga chiqdi, VIP-xizmatlari bilan!

  •   DiMaX
  •  1307
  •  13.12.2019 15:02

4200 dollarlik 5G-smartfon savdoga chiqdi, VIP-xizmatlari bilan!

Bundan bir oy avval janubiy koreyalik gigant Xitoyda o‘zining Samsung W20 rusumli 5G-smartfonini taqdim etgandi. Bu – Galaxy Fold buklamafonining takomillashtirilgan ikkinchi avlodi bo‘lib, Galaxy Fold 2 deb ham atalgandi.

O‘QING: Mashhur narkobaronning akasi eng arzon buklamafon taqdim etdi va Apple’ni yakson qilishga so‘z berdi!

Kecha – 12 dekabr kuni Samsung W20 uchun avvaldan buyurtma olish boshlandi va uning standart versiyasi uchun 2845 dollar so‘rashyapti. To‘g‘ri, bu narxdagi jamlanma ichiga mutlaqo simsiz Galaxy Buds quloqchini ham kiradi.

Samsung W20 premial versiyada esa ancha qimmat – naq 4265 dollar turadi! Kompaniya bunda qo‘shimcha tarzda allaqanday VIP-xizmat ko‘rsatish ham va’da qilgan, lekin uning nima ekanligi hozircha tushunarsiz.

Oldindan buyurtma qilgan xaridorlarga Samsung W20 buklamafonlarini 20 dekabrdan boshlab yetkazib berishadi. Uning Xitoydan tashqaridagi bozorlarga chiqish-chiqmasligi hozircha noma’lum. «Osmon osti saltanati»da esa unga yetarlicha xaridor chiqishi tayin; axir, kompaniyaning avvalgi – 2300 dollarlik smartfonini 5 daqiqadayoq talashib tugatishgandi!

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!