45 yillik yubileyida Apple naq 45 dona iPhone 12 Pro Max tarqatyapti, siz ham yutib oling!

  •   DiMaX
  •  2063
  •  01.04.2021 12:35

45 yillik yubileyida Apple naq 45 dona iPhone 12 Pro Max tarqatyapti, siz ham yutib oling!

Bundan roppa-rosa 45 yil avval, ayni 1 aprel kuni Stiv ismli, Jobs hamda Voznyak familiyali ikki yigit yangi kompaniyaga asos solishgan. Bugungi kunda Apple nomini va uning aksariyat mahsulotlarini butun dunyo biladi.

O‘QING: Apple haqida siz bilgan va bilmagan 14 fakt

Kompaniya o‘zining 45 yillik yubileyini nostandart usulda nishonlashga qaror qildi – iPhone 12 Pro Max flagmanidan naq qirq beshtasini yutuqli o‘yinga qo‘ydi! Unda sayyoramizning istalgan burchagidagi barcha voyaga yetgan xohlovchilar ishtirok etishi mumkin, kupertinolik korporatsiya yutuqni g‘oliblarga FedEx orqali yetkazib beradi. An’anaga ko‘ra, g‘olib bu smartfonni ramziy 1 AQSh dollariga «sotib oladi».

Yutuqli o‘yinda qatnashish uchun kompaniyaning YouTube, Instagram, Twitter, Telegram va Facebook sahifalariga obuna bo‘lishingiz kerak. Sahifada mazkur yutuqli o‘yin haqidagi topib, uni layklashingiz va istalgan bir tilda «ishtirok etaman» deb yozishngiz lozim. Keyin esa tarmoqdagi ikki nafar do‘stingizni (ular o‘zaro do‘st bo‘lmasliklari shart) teg bilan belgilashingiz hamda repost qilishingiz zarur.

Yuqoridagi shartlarni bajargach, 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan g‘oliblarni aniqlash jarayonini kutasiz, bu marosim Apple saytida, YouTube, Facebook, Instagram, TikTok va Youku tarmoqlarida «jonli» translyasiya qilinadi. Sovrindorlar tasodifiy sonlar generatori – random.org yordamida aniqlanadi.

Xabarlarga ko‘ra, g‘oliblarni aniqlash tadbirini shaxsan Tim Kuk o‘tkazadi va 45 ta smartfonning qadog‘iga avtograf qo‘yib beradi. Demak, siz ham unda ishtirok etib, eng zo‘r ayfonni yutib olishingiz mumkin!

O‘QING: Apple bosh aksioneri ham, nihoyat, Samsung tugmachali telefonini tashlab iPhone oldi, lekin...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.