485 dollar evaziga Snapdragon 8+ Gen1 hamda 144 gers OLED displeyga ega smartfon taqdim etildi

485 dollar evaziga Snapdragon 8+ Gen1 hamda 144 gers OLED displeyga ega smartfon taqdim etildi

Legion Y70 modeli Lenovo smartfonlari orasida birinchilardan bo‘lib Snapdragon 8+ Gen1 chipiga ega bo‘ldi. Ushbu flagman model Legion geyming smartfonlar oilasiga mansub bo‘lsa-da, tashqi ko‘rinishidan geyming smartfonga o‘xshamaydi. 

Old tomonda 6.67 dyuymli OLED displeyi joylashgan bo‘lib, u 144 gerts yangilanish chastotasi hamda 1500 gertsgacha bo‘lgan sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Displey yuqori qismining markazida yumaloq tirqishli selfi kamera joylashgan. Lenovo barmoq izi skaneri qurilmaning qayerida joylashganini aytmadi, katta ehtimol bilan u yon tomonagi quvvat tugmasidan o‘rin olgan. 

Barmoq izi skanerini ekran ostidan olib tashlab Lenovo smartfon qalinligini 7.9 millimetrga kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Chipning unumdorlik darajasi oshirish maqsadida uning ustiga maxsus sovutish qoplami o‘rnatilgan.

Snapdragon 8+ Gen1 chipi Legion Y90 modeliga o‘rnatilgan Snapdragon 8 Gen1 chipidan kuchliroq. Chip LPDDR5 tezkor hamda UFS 3.1 doimiy xotira bilan bog‘langan. Legion Y70 modeling 8/128GB, 12/256GB, 16/512GB xotiraga ega turlari mavjud. 

Orqa paneldan 50MP asosiy, 13MP ultrakeng va 2MP sath kameralar o‘rin olgan. Old tomonda esa 16MP kamera joylashgan. 

Qurilmaga 68 vattda quvvat oluvchi 5,100 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Akkumulyatorning uzoq muddat xizmat qilishi uchun Lenovo quvvatni nazorat qiluvchi aqlli funksiyani ishlab chiqdi. Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan ZUI 14 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

Legion Y70 modeli geyming smartfonlar qatoriga kirgani uchun unga bir qator aksessuar — sovutish xususiyatiga ega bo‘lgan g‘ilof, Asus AeroActive'ga o‘xshash kuler hamda smartfonga o‘rnatsa bo‘ladigan triggerlar taqdim etildi. 

Smartfon uch xil: qora, oq va qizil ranglarda sotiladi. Kompaniyaning rasmiy veb-saytiga kirish orqali smartfonga oldindan buyurtma berish mumkin. Qurilma narxi 3,299 yuandan (taxminan 485 dollar) boshlanadi. U faqat Xitoy bozori uchun ishlab chiqariladi. 

O‘QING: Narxi 200 dollarga bormaydigan realme smartfoni taqdim etildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!