4G chipli, videoqo‘ng‘iroq funksiyali smart-soat 58 dollardan sotuvga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1115
  •  24.06.2021 17:47

4G chipli, videoqo‘ng‘iroq funksiyali smart-soat 58 dollardan sotuvga chiqdi!

Xiaomi kompaniyasi bolalar uchun mo‘ljallangan o‘zining yangi gadjetini taqdim etdi. «Aqlli» soat Xiaomi Mi Rabbit Children’s Phone Watch 5C 4G nomi ostida chiqarilgan, deb xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: 20 yoshli ayolning qotilini «aqlli» soat va smartfon topib berdi

Yangi qurilma to‘rtinchi avlod aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi va smartfondan foydalanmasdan turib qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi. Soatning old panelida keng burchakli kamera joylashgan bo‘lib, uning yordamida videoaloqa bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin.

Xiaomi Mi Rabbit Children’s Phone Watch 5C 4G, shuningdek, o‘z egasiga turgan joyni aniq kuzatish va XiaoAI ovozli yordamchisidan foydalanish imkoniyatini beradi. Qurilma namlikdan himoyalangan, akkumulyator sig‘imi 900 mA/soat.

O‘QING: Meizu Watch chiqdi: flagman Snapdragon chipi, eSIM va NFC (+video)!

Xiaomi Mi Rabbit Children’s Phone Watch 5C 4G «aqlli» soati bolaning faolligini, uning maktab va uyga qatnashini, shuningdek, istalgan vaqtda qayerda ekanligini kuzatishga yordam beradi. Soat diagonali 1,4 dyuym bo‘lgan rangli ekran bilan jihozlangan, shu bilan birga, soatlar turli foydali dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ayni vaqtda Xiaomi Mi Rabbit Children’s Phone Watch 5C 4G Xitoyning JD.com internet do‘koni orqali 58 dollardan sotilmoqda.

O‘QING: Apple Watch 6 o‘z tannarxidan necha baravar qimmatga sotilayotganini bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.