4G’da ham ishlaydi: Nokia yana bir yangi tugmachali telefon chiqarmoqda

  •   Saroy
  •  1259
  •  25.10.2018 13:49

4G’da ham ishlaydi: Nokia yana bir yangi tugmachali telefon chiqarmoqda

Nokia 8110 va 3310 HMD Global’ning muvaffaqiyatidan keyin yana bir,  4G’da ishlaydigan arzon telefonni tayyorlamoqda. Gadjetning narxi taxminan  15 dollar turadi. 

Nokia kompaniyasi telefonlar bozorida muhim o‘yinchilardan hisoblanadi va har yili smartfonga qaraganda ham ko‘proq telefon sotadi.

Smartfonlarning tinmay evolyusiyalashuviga qaramay, oddiy telefonlarga bo‘lgan talab so‘nggi bir necha yildan bo‘yon barqaror ravishda ortib  bormoqda. Bu holat ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda yaqqol kuzatilyapti. Statistika hamda foydalanuvchilarning ehtiyoji Nokia’ni  4G’ni qo‘llab quvvatlaydigan yana bir tugmachali telefon ishlab chiqarish ustida bosh qotirishga undadi.

O‘QING: Nokia 9 taqdimoti oldidan kompaniyaning flagmani butun dunyoda arzonlashmoqda

Yangi qurilmaning tavsifi haqida hozircha ma’lumot berilmadi, ammo, masalan, Nokia 8110 4G batareyasi 25 kun davomida ishlay oladi, shuningdek telefon Bluetooth 4.1, WiFi, microUSB, GPS, kompyuter bilan sinxronizatsiyalanish va boshqa bir qancha funksiyalarni qo‘llab quvvatlaydi. Bundan tashqari, u 2,4-dyuymli kamerasi bilan  2-megapikselli displey hamda Qualcomm Snapdragon 205 chipiga ega.

O‘QING: Nokia eng arzon qo‘sh kamerali smartfonini taqdim etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.