4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!

  •   DiMaX
  •  4576
  •  03.01.2019 14:19

4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!

Bundan ikki hafta avval AT&T uyali aloqa operatori AQShdagi ilk tijoriy 5G tarmog‘ini ishga tushirgandi. Dastlabki bosqichda bu tarmoq ayrim abonentlargagina taqdim etilgan bo‘lib, ulardan biri qiziq tajriba o‘tkazib ko‘rgan.

O‘QING: 5G tarmog‘iga nazar: imkoniyatlar, muammolar va smartfonlar...

Xullasi kalom, 5G uyali aloqa tarmog‘ini tajribada to‘rtinchi avlod – LTE tarmog‘i bilan o‘zaro solishtirib ko‘rishgan. Buni qarangki, beshinchi avlod tarmog‘ining yagona yirik afzalligi – internetga yuklash tezligi ikki karra yuqoriligida bo‘lib chiqqan! Boshqa jihatlaridan esa u 4G tarmog‘idan aytarli farq qilmagan.

Aytish kerakki, ushbu tajribada har ikkala tarmoqqa ham ayni bitta joyning o‘zida, aynan bitta qurilma orqali kirib sinab ko‘rilgan.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: 5G tarmog‘ida ishlayotgan Galaxy S10’ni «jonli» tomosha qilamiz!

Endi eng qizig‘iga navbat keldi: sinov muddati tugagach, ya’ni mart oyining o‘rtalaridan boshlab AT&T abonentlari 5G tarmog‘ida 15 GB trafik uchun 70 dollardan to‘lashadi. AQShda LTE tarmog‘ida internetdan cheksiz foydalanish ham taxminan shuncha turadi o‘zi!

To‘g‘ri, AT&T hozircha mamlakatning 12 ta yirik shahridagina beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini ishga tushirgan. Sinov davrida butun infratuzilmani to‘laqonli ishga tushirishga imkon bo‘lmayotgani bois ham tezlik pastroq chiqayotgan bo‘lsa kerak. Kelajakda 5G tarmog‘i katta tezlikda ishlasa va narxlar ham arzonlashsa, mijozlar uning uchun to‘lashga ikkilanishmaydi.

O‘QING: Niderlandiyada yuzdan ortiq qushning o‘limiga sabab bo‘lgan 5G sinovini UzMobile O‘zbekistonda ham o‘tkazdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.