4K-televizorlar savdosida yuksalish: bozorning yarmini ikkitagina kompaniya band etdi!

  •   DiMaX
  •  909
  •  07.09.2020 16:51

4K-televizorlar savdosida yuksalish: bozorning yarmini ikkitagina kompaniya band etdi!

Ekranining o‘lchami diagonaliga 60 dyuym va undan yuqori bo‘lgan 4K-televizorlar savdosi joriy yilning birinchi yarmida ancha o‘sgan. Bunga esa koronavirus pandemiyasi ham hissa qo‘shgan – kishilar uyda qolgach, televizorlarga talab ham oshgan.

O‘QING: Android TV va ovozli boshqaruvga ega smart-televizor – atigi 129 dollar!

Omdia tahlil kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yarim yilda dunyo bo‘ylab 12 millionta shunaqa qurilma sotilgan. Bu esa o‘tgan yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichga nisbatan 23% yuqori.

Darvoqe, bunaqa televizorlar savdosining oshuviga 4K aniqligida kontent uzatuvchi turli videoservislar, shu jumladan Netflix kabilarning ham hissasi katta.

2020 yilning dastlabki yarmida 60 dyuymlik va undan katta 4K-televizorlar bozorining 31 foizi Samsung Electronics hissasiga to‘g‘ri kelgan. LG Electronics esa mazkur bozorda 16,6 foizlik ulushga ega bo‘lgan. Shu tariqa, ushbu ikki kompaniya bozorning salkam yarmini egallab olishgan!

Kuchli uchlikni Xitoyning Hisense kompaniyasi 9,2 foizlik hissasi bilan yakunlagan. Uning ortidan esa TCL (8,1%) hamda Sony (6,1%) kompaniyalari kelyapti.

Tahlilchilarning fikricha, yaqin kelajakda 4K-televizorlar narxining pasayib borishi tufayli ularning savdolari yanada avj oladi.

O‘QING: Xiaomi dunyodagi ilk shaffof televizorning asosiy sirini oshkor etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!