5 avgustgacha ikkita o‘yinni bepul olib qo‘yib, bir umr bemalol o‘ynang!

  •   DiMaX
  •  983
  •  30.07.2021 17:17

5 avgustgacha ikkita o‘yinni bepul olib qo‘yib, bir umr bemalol o‘ynang!

Kuni kecha biz Google Play hamda App Store do‘konlari turli janrlardagi to‘qqizta o‘yin hamda beshta dasturni tekinga ulashayotgani haqida yozgan edik. hafta oxiriga kelib, Epic Games Store o‘yin do‘koni ham ikkita taytlni bepul tarqata boshladi.

O‘QING: PUBG ishqibozlari uchun kutilmagan xushxabar!

Tekinga tarqatilayotgan o‘yinlardan biri Mothergunship nomli dinamik shuter bo‘lib, geymerlar unda yuzlab dushmanlarni qirib tashlashlari kerak bo‘ladi.

O‘yin kutubxonangizga Mothergunship’ni qo‘shib qo‘yish uchun mana bu havola orqali o‘tib, «Poluchit» tugmachasini bosasiz.

O‘QING: Al-Azhar universiteti Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan ogohlantiradi (+video)

Bir hafta mobaynida bepul bo‘layotgan ikkinchi o‘yin esa Train Sim World 2 deb nomlanadi va poyezdni boshqarish simulyatori hisoblanadi. Uni olib qo‘yish uchun Epic Games Store o‘yin do‘koniga mazkur havola orqali o‘tasiz.

Har ikkala o‘yinning tekin davri 5 avgustgacha davom etadi, so‘ng ular yana pulli bo‘lib qoladi. Shungacha ularni olib ulgursangiz, keyin istalgan payt bepul o‘ynayverishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Maqtovli o‘yin, nihoyat, Android-qurilmalarga ham chiqdi: boshida bepul o‘ynang!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!