5 maygacha Xiaomi eng qimmat smartfonidan naq 60 tasini teppa-tekinga tarqatyapti!

  •   DiMaX
  •  2319
  •  01.05.2021 14:48

5 maygacha Xiaomi eng qimmat smartfonidan naq 60 tasini teppa-tekinga tarqatyapti!

Katta avlod vakillari yaxshi biladigan 1 may sanasi Xitoyda hozir ham Mehnat bayrami sifatida nishonlanadi. Xiaomi esa ushbu sanaga bag‘ishlab o‘zining eng qimmat smartfoni – Mi Mix Fold modelidan oltmishtasini teppa-tekinga tarqatish aksiyasini e’lon qildi.

O‘QING: Xiaomi to‘rt xil smartfonida proshivka yangilanishini to‘xtatyapti

Joriy yilning 1 maydan to 5 may kuniga qadar Xiaomi rasmiy saytida yutuqli o‘yin joriy etgan. Uning doirasida har soatda bittadan omadli muxlis Xiaomi Mi Mix Fold buklamafonini yutib oladi. Afsuski, aksiyada faqat Xitoydagi ixlosmandlar ishtirok etishlari va yutuq olishlari mumkin.

Shu tariqa, kuniga 12 tadan – besh kunda jami 60 dona smartfon mutlaqo bepul tarzda tarqatiladi. Mi Mix Fold narxi 1540 dollarga teng ekanini hisobga olsak, kompaniya ushbu aksiya doirasida taxminan 100 000 dollarlik saxovat ko‘rsatmoqda.

Ushbu smartfonning texnik xususiyatlari hamda videolari bilan mana bu xabarimizda tanishib chiqish mumkin.

O‘QING: ZTE bu flagmani bilan Xiaomi Mi 11 Ultra’ning «burnini yerga ishqalamoqchi»!