5 million dollarlik Xiaomi smartfonlari bojxonada ushlandi – ular «Inoi niqobida» ekan!

  •   DiMaX
  •  2134
  •  11.02.2019 17:32

5 million dollarlik Xiaomi smartfonlari bojxonada ushlandi – ular «Inoi niqobida» ekan!

Moskva hamda Sankt-Peterburg bojxona idoralari Inoi brendi mahsulotlari sifatida mamlakatga olib kirishga urinilgan ikki partiya Xiaomi smartfonlarini to‘xtatib qolishdi. Ushlab qolingan tovarlarning jami qiymati 340 million rublni tashkil etadi, bu esa taxminan 5 178 880 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilayotgan 3,8 mlrd so‘mlik televizorlar ushlandi: 9 ming dollarlik «taklif» ham o‘tmadi

Ushbu yuklarning qabul qiluvchisi sifatida «RBK Development» kompaniyasi qayd etilgan. Bojxonachilar bergan ma’lumotga ko‘ra, bu tashkilot 2018 yildan buyon bir necha bor xorijiy elektron qurilmalarni Rossiya brendlari niqobi ostida olib kirishi hollari uchragan. Maqsad – xorijiy mahsulotlarga solinadigan bojdan tejash.

«RBK Development» kompaniyasi Xiaomi smartfonlarini boshqa nom bilan o‘tkazib, 60 million rublni tejamoqchi bo‘lgan. Inoi mahsulotlari uchun bojxona to‘lovi yo‘q, chunki u Xitoyda terilsa-da, rasman Rossiya brendi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, ayrim Xiaomi smartfonlarini 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor. «Yong‘oqchaqar» Redmi Note 7 modelini esa hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!