5000 mAs akkumulyator, 4/64GB xotira, 13MP kamera ega bo‘lgan Redmi 9i Sport smartfoni taqdim etildi

5000 mAs akkumulyator, 4/64GB xotira, 13MP kamera ega bo‘lgan Redmi 9i Sport smartfoni taqdim etildi

Redmi 9A Sport bilan bir qatorda, Redmi kompaniyasining yana bir yangi Redmi 9i Sport smartfoni ham namoyish qilindi. Redmi 9A Sport'dan farqli o‘laroq, 9i Sport kattaroq hajmli xotiraga ega.

Smartfonning 4/64GB xotira turi 120 dollar, 4/128GB turining narxi esa 125 dollarni tashkil qiladi.

Redmi 9i Sport 6,53 dyuymli HD+ IPS displeyi, MediaTek Helio G25 chipi, 5MP selfi, 13MP asosiy kamera, 5000 mAs akkumulyator, 10 vatt quvvatlash texnologiyasiga ega. Qurilma Android 10 tizimiga asoslangan MIUI 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. Smartfonning qalinligi 9 mm, og‘irligi esa 194 grammni tashkil etadi.

O‘QING: Snapdragon 778G, 6.55" 120Hz OLED displey va 55 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyatiga ega Xiaomi Civi taqdim qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!