5,000 mAs akkumulyator, 48MP kamera va Android 11'ga ega navbatdagi «yirtqich» — Galaxy M32 5G'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

5,000 mAs akkumulyator, 48MP kamera va Android 11'ga ega navbatdagi «yirtqich» — Galaxy M32 5G'ning texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung o‘zining Galaxy M32 5G smartfonini namoyish qilishga tayyor — yangi mahsulot Hindistonda rasman 25 avgustda namoyish etiladi. Ammo Amazon Hindiston vebsaytida qurilmaning rasmiy tasvirlari va asosiy xususiyatlari allaqachon paydo bo‘ldi.

O‘QING: Samsung Galaxy A22 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Galaxy M32 5G smartfoni 5G modemli MediaTek Dimensity 720 SoC'ga ega bo‘lib, 6,5 dyuymli HD+ IPS Infinity-V displeyi bilan jihozlangan. Orqa kameralar 48, 8, 5 va 2 megapikselli bo‘lib, old kamera rezolyusiyasi 13 megapikselni tashkil etadi.

Smartfon Android 11 bazasidagi One UI 3.1 interfeysida ishlaydi. Smartfon ikkita asosiy tizim yangilanishini olishi va’da qilingan, ya’ni Galaxy M32 5G Android 13'gacha yangilanadi.

Galaxy M32 5G'da audio jek bor. Smartfon qalinligi 9,1 mm, og‘irligi esa 205 grammni tashkil etadi. Narxlar hozircha noma’lum, lekin texnik ko‘rsatkichlarni inobatga olsak, Galaxy M32 5G modeli 5G aloqasini qo‘llab-quvvatlovchi lineykaning eng arzon modellaridan biri bo‘lishi aniq.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy smartfoniga avgust oyi yangilanishi keldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!