5000 mAs akkumulyatorli Galaxy M02s kutilganidan ham arzon narxda chiqdi!

  •   DiMaX
  •  3907
  •  08.01.2021 13:05

5000 mAs akkumulyatorli Galaxy M02s kutilganidan ham arzon narxda chiqdi!

Samsung kompaniyasi kecha – 7 yanvar kuni o‘zining Galaxy M02s rusumli smartfonini namoyish etdi. Oldingi xabarlarda uning 137 dollardan sotilishi aytilgan (+videosi) edi, lekin u yanada arzon ekan.

O‘QING: O‘rta narxli bo‘lajak xit – Galaxy A52’ning bu jihati sizga ham yoqmaydi

Yangi model diagonaliga 6,5 dyuymlik LCD-displey bilan ta’minlangan va uning tasvir aniqligi HD+ formatida (1560x720 piksellik).

Ekranning tomchisimon kemtigiga 5 megapiksellik (f/2.2) selfi-kamera sensori joylangan.

Smartfonning bosh kamera jamlanmasi esa uchta – 13, 2 va 2 megapiksellik modullardan hamda fotochaqnoqdan iborat bo‘lib, to‘rtburchak blokka olingan.

O‘QING: Android-smartfon kamerasidan 100 foiz foydalanishning 10 ta usuli

Galaxy M02s birmuncha eski Snapdragon 450 protsessori bazasida tayyorlangan. Samsung uni 3/32 GB hamda 4/64 GB hajmdagi tezkor/ichki xotiraga ega bo‘lgan variantlarda taklif etadi. Shuningdek, unda naq 1 terabaytgacha hajmli microSD formatidagi xotira kartasi uchun slot mavjud.

Mazkur arzon smartfonning maqtanishga arzigulik asosiy o‘ziga xosligi – naq 5000 mA/soatlik akkumulyatori bo‘lib, Samsung uni 15 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlagan.

O‘QING: Samsung chiqarmagan Galaxy S21+ hamda S21 Ultra allaqachon Xitoyda sotila boshladi! (+«jonli» suratlar)

Bundan tashqari, Galaxy M02s ikkita SIM-karta uyachasiga hamda quloqchin uchun 3,5 millimetrlik standart audiotirqishga ega. Smartfon Android 10 operatsion tizim talqini bazasida tayyorlangan Samsung One grafik qobig‘i boshqaruvi ostida ishlaydi.

Galaxy M02s qora, qizil va ko‘k korpuslarda taklif etiladi. Uning sotuvga qachon chiqishi tez orada aytiladi, narxi esa ma’lum – 122 AQSh dollaridan boshlanadi.

O‘QING: Hamyonbop Android-smartfonlardan qaysilari eng zo‘r? (AnTuTu reytingi, 2020 yil dekabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!