5000 mAs batareyali va suvdan himoyali smartfon – atigi 100 dollardan!

  •   DiMaX
  •  2386
  •  19.02.2021 17:52

5000 mAs batareyali va suvdan himoyali smartfon – atigi 100 dollardan!

Hozirgi kunda Lenovo kompaniyasiga qarashli bo‘lgan Motorola brendi o‘tgan oyning oxirida Motorola Edge S rusumli smartfon namoyish etgan edi. Ushbu model yap-yangi Snapdragon 870 protsessorli ilk qurilma bo‘lgan.

O‘QING: Xitoylik kamerofon iPhone 12 Pro Max’ni mahv etib, DxOMark reytingida kuchli beshlikka kirdi!

Endi esa u juda arzon narxli Moto E7 Power smartfonini taqdim qildi. Uning diagonaliga 6,5 dyuymlik IPS-ekrani 720x1600 piksellik aniqlikda tasvir uzata oladi. Tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatli displeyning tomchisimon kemtigiga 5 megapiksellik old kamera sensori o‘rnatilgan.

Moto E7 Power smartfoni MediaTek Helio G25 protsessori bazasiga qurilgan bo‘lib, 2/32 GB hamda 4/64 gigabaytlik tezkor/ichki xotiraga ega variantlarda chiqmoqda. Shuningdek, unida naq bir terabaytgacha MicroSD-karta uchun slot ham mavjud.

Telefon ikki xil – Tahiti Blue hamda Coral Red ranglardagi plastik korpuslarda taklif etiladi. Uning qo‘shaloq bosh kamerasi 13 va 2 megapiksellik datchiklarni hamda fotochaqnoqni o‘z ichiga oladi. Orqa panelda Motorola logotipi tushirilgan barmoq izi skaneri ham mavjud.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Telefon ikkita SIM-kartani, 4G texnologiyasini, yakka polosali Wi-Fi, Bluetooth 5.0 hamda GNSS (GPS, A-GPS, LTEPP, SUPL, GLONASS, GALILEO) tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning korpusida 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi, USB-C porti, yaqinlashuv hamda yorug‘lik datchiklari, akselerometr ham bor.

Android 10 operatsion tizimli Moto E7 Power akkumulyatorining tok sig‘imi 5000 mA/soatlik va u 10 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan. Uning korpusi IP52 standartiga ko‘ra suv sachrashidan himoyalangan; Google Assistant ovozli yordamchisini chaqirish uchun alohida tugmacha o‘rnatilgan.

Motorola ushbu smartfonini 26 fevraldan sotuvga chiqaradi; uning kichkina xotirali varianti 100 dollarga, kattasi esa 115 dollarga baholanmoqda.

O‘QING: Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?