50MP asosiy kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator: Samsung'dan 200 dollarlik yangi hamyonbop smartfon

50MP asosiy kamera hamda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator: Samsung'dan 200 dollarlik yangi hamyonbop smartfon

Bir necha hafta oldin Samsung kompaniyasi Galaxy A13 5G smartfonini ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edik. Ammo xabarda smartfonning narxidan boshqa hech qanday ma’lumot berilmagan edi. Endi esa 5G tarmog‘iga ega bo‘lgan eng arzon Galaxy smartfoni haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Qurilmaning model raqami SM-A136B bo‘ladi, u ISOCELL JN1 sensoriga ega bo‘lgan 50MP asosiy kamera bilan jihozlanadi.

Manba bu sensor haqida aniq ma’lumot bergani yo‘q, lekin ushbu 50 megapikselli kamera Redmi 10 smartfoniga ham o‘rnatilgan edi. Shuningdek, qurilma 5000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon shu yilning oxirida taqdim etiladi. Uning sotuvi esa 2022 yildan boshlanadi. Qurilma haqida batafsil ma’lumot yaqin kunlar yoki haftalarda oshkor bo‘ladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 smartfonining korpus o‘lchamlari iPhone 13 bilan taqqoslandi