52 ta kompaniyaning IT-Park rezidenti maqomi bekor qilindi (to‘liq ro‘yxat)

  •   DiMaX
  •  699
  •  24.10.2020 08:46

52 ta kompaniyaning IT-Park rezidenti maqomi bekor qilindi (to‘liq ro‘yxat)

416 ta IT-Park rezidentlaridan 52 ta IT-kompaniyalar shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganliklari uchun, ya’ni auditorlik xulosasini taqdim etmaganliklari va Nizom talablarini buzganligi tufayli doimiy rezident maqomidan mahrum etildi. Bu haqda IT-Park ma’lumot ma’lumotiga tayanib Gazeta.uz yozmoqda.

O‘QING: Bir million dasturchi qanday tayyorlanadi?

«IT-Park rezidenti maqomiga ega IT-kompaniyalar soni kundan kunga ortmoqda. Ammo turli sabablar tufayli ushbu maqomni yo‘qotayotganlar va shunga ko‘ra, soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqidan mahrum bo‘layotgan IT-Park rezidentlari ham mavjud. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 589-sonli qaroriga muvofiq, Nizom talablarini buzgan yuridik shaxslarga nisbatan soliq idoralari imtiyozlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga to‘lash majburiyatlarini tiklash bilan bekor qilish choralarini qo‘llaydilar», ― deyiladi bayonotda.

Quyidagi kompaniyalarning IT-Park rezidenti maqomi bekor qilindi:

  1. MChJ QX «XT Xarid Texnologiyalari» – Toshkent shahri
  2. MChJ QX «Bercut It Solution» – Toshkent shahri
  3. MChJ «Madetec-Solution» – Toshkent shahri
  4. MChJ «Game Zale» – Toshkent shahri
  5. MChJ «Alp Jahon Himoya» – Toshkent shahri
  6. MChJ «Adora Hilol» – Andijon viloyati
  7. MChJ «Kumush Servis Media» – Jizzax viloyati
  8. MChJ «Bookingstan» – Toshkent shahri
  9. MChJ «Sapphire Promotion Group» – Toshkent shahri
  10. MChJ «Any Mobile» – Toshkent shahri
  11. MChJ «International Software» – Farg‘ona viloyati
  12. MChJ «Online Service Platform» – Toshkent shahri
  13. XK «Thank You Servis» – Toshkent shahri
  14. MChJ «Ideal Soft» – Xorazm viloyati
  15. MChJ «Startlab» – Toshkent shahri
  16. MChJ «Quick Study» – Toshkent shahri
  17. MChJ «Algebra» – Toshkent shahri
  18. MChJ «Merade» – Toshkent shahri
  19. MChJ «Valiant Original Comfort» – Qashqadaryo viloyati
  20. MChJ «TNH Sarmoya» – Toshkent shahri
  21. MChJ «Activemedia Solutions» – Toshkent shahri
  22. MChJ «Alphabet IT Group» – Toshkent shahri
  23. MChJ «Sof» – Toshkent shahri
  24. MChJ «Universal Test Sinovlari» – Toshkent shahri
  25. XK «Lighting» – Farg‘ona viloyati
  26. MChJ «New General Consulting» – Toshkent shahri
  27. MChJ «Global Technologies» – Toshkent shahri
  28. MChJ «Abutech» – Farg‘ona viloyati
  29. MChJ «Ace Craft Engine» – Toshkent shahri
  30. MChJ «Center of Enginering Technologies» – Toshkent shahri
  31. MChJ «Developing Web Studio» – Toshkent shahri
  32. MChJ «For each Soft» – Qashqadaryo viloyati
  33. MChJ «Global Innovation Center» – Toshkent shahri
  34. MChJ «Hello World» – Toshkent shahri
  35. MChJ «Interintellect» – Toshkent shahri
  36. MChJ «Kakadu Pay System» – Xorazm viloyati
  37. XK «Livewithcode» – Samarqand viloyati
  38. MChJ «Max IT» – Toshkent shahri
  39. OK «MironSoft» – Toshkent shahri
  40. MChJ «Mnemonik Adult» – Toshkent shahri
  41. XK «Mobile First» – Toshkent shahri
  42. MChJ «Multimedia MarkazI» – Toshkent shahri
  43. MChJ «Nanovation» – Toshkent shahri
  44. MChJ «ONDO» – Sirdaryo viloyati
  45. XK «PCM Software» – Toshkent shahri
  46. MChJ «Pragmatik Solutions» – Toshkent shahri
  47. XK «Rococo Group» – Toshkent shahri
  48. MChJ «Tetrasoft Servis» – Toshkent shahri
  49. MChJ «Tyajpromavtomatika» – Toshkent shahri
  50. MChJ QH «Whirl» – Toshkent shahri
  51. MChJ «Blockchain Systems Technology» – Toshkent shahri
  52. «Integro-Solutions» MChJ – Toshkent shahri

O‘QING: Yurtimizda ilk raqamli bankka litsenziya berildi!

Aytib o‘tish kerakki, IT-Park rezidentlari uchun quyidagi vazifalar belgilangan:

  • Faqat axborot texnologiyalari sohasida faoliyat turlarini amalga oshirish;
  • IT-Park Direksiyasiga har chorakda faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
  • Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining yillik auditini o‘tkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini Direksiyaga yuborish;
  • IT-Park rezidentining Direksiya bilan ishlash shartlari to‘g‘risidagi Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.

IT-Park rezidenti maqomidan mahrum qilingan 52 ta IT-kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar imtiyozlarni bekor qilish choralarini ko‘rish maqsadida soliq organlariga yuborildi. Shuningdek, soliq idoralariga IT-Park rezidentlarining yagona reyestriga kiritilgan, ammo turli sabablarga ko‘ra endi faol rezident bo‘lmagan 63 ta IT-kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham yuborildi.

«Qonunga muvofiq IT-Park rezidenti maqomida bo‘lish bir kun bo‘lsa ham kompaniyaning auditorlik tekshiruvini o‘tkazish va imtiyozlardan foydalanish yoki foydalanmaslik to‘g‘risida xulosa berish majburiyatini keltirib chiqaradi», ― deyiladi bayonotda.

O‘QING: Uyali aloqa kompaniyalari 1 noyabrdan yangicha yashay boshlaydilar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.