5G’da ishlovchi iPhone ekranida selfi-kamera «tirqish»i ham bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  614
  •  25.12.2018 16:19

5G’da ishlovchi iPhone ekranida selfi-kamera «tirqish»i ham bo‘ladi!

Samsung kompaniyasi ekrani «teshik» smartfon tayyorlayotganini aytgach, undan oldin Huawei shunaqa modelini ko‘rsatganidan xabaringiz bor. Lekin rasmiy taqdimot marosimiga ko‘ra avval Galaxy A8s, keyin Huawei Nova 4 va undan so‘ng Lenovo Z5S namoyish etildi.

O‘QING: «Teshik» ekranli Galaxy A8s savdoga chiqdi – narxi bilan tanishing!

Pockenow nashriga ko‘ra, kupertinolik texnogigant bu gal «ashaddiy raqibi» izidan boradi. Ya’ni, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi ilk iPhone displeyi tepasida «kemtik» emas, balki «tirqish» ochiladi.

Nashrning ta’kidlashicha, ushbu ma’lumot Osiyodagi ishonchli manbalardan olingan. Biroq 5G-modulga va «teshik» ekranga ega ayfon hali 2020 yildagina dunyo yuzini ko‘radi.

Aftidan, Apple o‘z smartfonlarining ekranlaridagi «tirqish»dan qutulishning turli yo‘llarini izlamoqda. Jumladan, endi Touch ID displeyga o‘rnatilayotgani haqida ham mish-mishlar tarqalgan.

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda ushbu kkkompaniyaning bir necha rusumlardagi smartfonlari, planshetlari hamda «aqlli» soatlari tegishli kafolati bilan sotuvga qo‘yilgan.

O‘QING: iPhone’larning Terashop.uz’dagi chegirmali narxlari (2018 yil 8 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.