"5G Fighting Championship": Galaxy Note 10 5G vs. Galaxy S10 5G

Xabaringiz bor, keyingi oy Galaxy S10 5G kabi mobil internetning 5 avlod texnologiyasida ishlovchi Samsung flagmanlari qatoriga kompaniyaning eng katta hajmli bo‘lishi kutilayotgan Galaxy Note 10 5G smartfoni ham qo‘shiladi.

Koreyslar Note 10 ham 5G'da ishlashini xohlashdi va unda o‘ta katta displeylarni qo‘llab-quvvatlovchi platformadan foydalanishdi.

Bunga, kompaniyaning izoh berishicha, o‘ziga yarasha sabab bor: 5G ma’lumotlar oqimi o‘ta katta real vaqt rejimidagi striming, qotishlarsiz o‘yinlar, yanada ko‘p virtual va to‘ldirilgan reallik, internetdan/internetga sezilarli darajada tez yuklashlar demakdir.

Katta ekran esa bularning barchasi yanada yaxshi amalga oshishini ta’minlaydi. O‘zining 6,7 dyuymli S10 5G'si va 6,8 dyuymli Note 10'i bilan Samsung "Qancha katta bo‘lsa, shuncha yaxshi", mazmunidagi yangi trendni boshlab bergan bo‘lsa ham ne ajab.

Keling, endi Terabayt sahnasida 7 avgustda taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy Note 10 5G'ni 8 martda tanishtirilgan Galaxy S10'ga qarshi “ringga tushirsak“.

Galaxy Note 10 5G vs. S10 5G:

  • Dizayni: oshirilgan ekran-korpus nisbati, ya’ni Evan Blass tomonidan oshkor qilgan Note 10+ rasmlariga qaraganda, qurilmaning ko‘proq qismi ekran bilan, kamrog‘i esa rom bilan qoplangan. Bu S10 5G'dan biroz farq qiladi (quyidagi rasmga qarang).
  • Selfi kamerasi: displeyning yuqori qismi markazida tuynuk kamera o‘rnatiladi. Taqqoslash uchun, S10 5G'da ekranning yuqoridan o‘ng tomoniga tirqish modul joylangan.
  • Xotirasi: Ice Universe insayderiga ko‘ra, qurilmaning ba’zi bozorlar uchun chiqarilgan versiyasida xotiraning eng kam hajmi 12GB tezkor va 512GB doimiy xotira bo‘ladi. Shuningdek, UFS (Universal Flash Storage) 2.1 texnologiyasidan UFS 3.0'ga o‘tilishi ham ehtimoldan holi emas.
  • Silikon chipi: Exynos 9820 yoki Qualcomm Snapdragon 855, yoxud 855 Plus bo‘lishi mumkin.
  • Quvvatlash: qadoqda 25W quvvatlagich bo‘lishi aytilmoqda.
  • Akkumulyatori: Note 10 5G'da ham S10 5G'dagi kabi 4,500 mA/soat sig‘imli akkumulyator bo‘ladi.
  • Narxi: sof narxi $1,000. S10 5G narxi 256GB versiyasi uchun $1299.99 dan boshlanadi.
  • 5G: mobil internetning beshinchi avlodida maksimal tezlik 20 Gbit/s bo‘ladi, deya tushuntiradi Qualcomm.

O‘QING: Samsung haqida siz bilgan va bilmagan faktlar!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.