5G-internet smartfonlar uchun xavfli ekan!

  •   DiMaX
  •  2139
  •  22.09.2018 14:04

5G-internet smartfonlar uchun xavfli ekan!

Ayni damda dunyodagi ko‘pgina yetakchi smartfonsozlar beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi mobil qurilmalar yaratish ustida ishlashmoqda. Xitoylik texnogigant esa hatto uni boshqa innovatsiyalarga ega modeliga ham tatbiq etmoqchi.

O‘QING: Ishonasizmi? Huawei’ning «egiluvchan» smartfoni 5G modulida ishlaydi

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarida ma’lumotlar uzatish tezligi o‘ta yuqori – soniyasiga 20 gigabaytgacha boradi. Ammo bunchalik katta tezlik jiddiy muammolarni ham boshlab kelishi mumkin, deyishmoqda olimlar.

Gap shundaki, 5G tarmog‘ida ishlashi smartfonning qismlariga katta yuk soladi. Buning oqibatida esa qurilma qizib, yonib va hatto portlab ketishi ham mumkin.

O‘QING: Boshlandi: ayolning sumkachasida yap-yangi Galaxy Note 9 yonib ketdi

Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, 5G’da ishlovchi smartfonlarda o‘zgarishlar biz kutganimizdan ko‘ra kattaroq bo‘ladi. Jumladan, devaysga naychali sovitish, issiqlik enetgiyasini to‘g‘ri taqsimlash tizimlari o‘rnatilishi lozim – bular esa korpusning ancha qalinlashuviga olib keladi.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, 5G-poygada raqobatchilar ko‘p: Apple, Samsung, Oppo, Lenovo, Huawei, Xiaomi, OnePlus, Motorola... Ayrim kompaniyalar hattoki televizorlarni ham 5G-modem bilan ta’minlay boshlagan. Voqealar rivojini birga kuzatamiz – bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: UZMOBILE allaqachon 5G texnologiyasini sinovdan o‘tkazdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.