5G-modemli «cho‘ntakbop» o‘yin noutbuki chiqdi! (+videolar)

  •   DiMaX
  •  1012
  •  14.05.2020 11:40

5G-modemli «cho‘ntakbop» o‘yin noutbuki chiqdi! (+videolar)

Ixcham noutbuklarni ishlab chiqarishi bilan tanilgan One Netbook kompaniyasi o‘zining navbatdagi laptopini namoyish qildi. OneGX 1 nomli mazkur qurilma asosan geymerlarga mo‘ljallangan.

O‘QING: Kompyuter va noutbukda ishni qulaylashtiruvchi beshta bepul dastur

OneGX 1 onlayn o‘yinlar uchun tezkor 5G-modem hamda original dizayni bilan e’tiborlidir. One Netbook ta’kidlashicha, o‘ta ixchamligiga qaramasdan, bu gadjet har qanday blokbaster o‘yinni «ko‘tara oladi».

Cho‘ntakka solib ham ketaverish mumkin bo‘lgan OneGX 1 ekrani diagonaliga 7 dyuymga teng, u tasvirlarni 1920x1080 piksellik aniqlikda yetkazib bera oladi. Noutbuk korpusi orqa tomonida hamda klaviatura ostida RGB-yoritqichlar mavjud.

O‘QING: Windows 10 tizimli kompyuter yoki noutbuk «qotib» qolsa...

One Netbook ushbu noutbuk samaradorligini ta’minlash uchun o‘zgacha yo‘l tutgan: uni kuchli apparat qismlari bilan ta’minlamasdan, balki «bulutli» servislardan foydalanish qulayligi va tezligiga asosiy e’tiborni qaratgan. Ya’ni, o‘yinlarning «silliq» o‘ynalishiga masofadagi serverlarning apparatlari javobgar, OneGX 1 esa ular bilan tezkor bog‘lanishni ta’minlab turuvchi 5G-modem bilan jihozlangan.

Avvalroq ma’lum qilinishicha, OneGX 1 «elektron yuragi» tarzida 10 nanometrlik Intel Tiger Lake Y protsessori qo‘llangan. Noutbukning akkumulyatori 10 000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega.

O‘QING: O‘QING: Eng kuchli kompyuter xaridida endi 1000 dollardan 4000 dollargacha tejash mumkin!

Portativ o‘yin konsoliga o‘xshab ketishidan tashqari, One Netbook unga yana simsiz geympad ham qo‘shgan.

One Netbook hozircha mazkur mahsulotining bozorga chiqish vaqtini hamda narxini oshkor etmagan.

Eslatib o‘tamiz, boshqa kompaniyalar ham o‘ta ixcham va antiqa kompyuterlar namoyish etishgan. Masalan, biz Q-Stick – 8 GB «operativka»li kompyuter-brelok haqida, shuningdek, eng mitti – 1x1 millimetrlik IBM nano-kompyuteri to‘g‘risida ham xabarlar e’lon qilganmiz. Yana dunyodagi eng mitti o‘yin noutbuki, eng mitti noutbuk-planshet kabilar haqida ma’lumotlar berganmiz. Hattoki tashrif qog‘oziga vizitkaga joylangan kompyuterham chiqqan va juda arzon – 2,88 dollarga baholangan! Atigi 188 dollarlik Odyssey X86J4105800 mini-kompyuteri esa Windows, Linux va Arduino bilan ishlay oladi!

«Oxirzamon kompyuteri» hamda «Oxirzamon operatsion tizimi» haqidagi ma’lumotlardan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Dunyodagi eng mitti mini-kompyuter namoyish qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!