5G-poyga: OnePlus 7 taqdimot sanasi rasman aytildi

  •   DiMaX
  •  1206
  •  03.09.2018 17:23

5G-poyga: OnePlus 7 taqdimot sanasi rasman aytildi

Bugun – 3 sentyabrda OnePlus kompaniyasi Weibo tarmog‘i orqali ma’lum qilishicha, 2019 yilning 15 yanvarida u rasmiy taqdimot marosimi o‘tkazadi. E’lon qilingan tasvirda faqatgina sana aks ettirilgan OnePlus qurilmasi bor, xolos.

O‘QING: OnePlus 7 5G-smartfonlarining biri bo‘ladi

Taqdimot tadbirini deyarli to‘rt yarim oy avval e’lon qilganiga yarasha, OnePlus unda qanaqadir ajoyib gadjet namoyish etmoqchi. Aftidan, bu 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi OnePlus 7 flagmani bo‘ladi.

O‘tgan haftada OPPO vakili ham, Snapdragon X50 LTE modemi bazasidagi ilk 5G-smartfonni o‘zlari chiqarishlarini ta’kidlagan edi. Aytish kerakki, OnePlus ham, OPPO ham BBK kompaniyasiga qarashlidir. Ehtimol, OPPO bu borada ishlar olib borayotgan va ularning natijasini OnePlus o‘z flagmaniga tatbiq etayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Ammo masalaning yana bir jihati bor: mazkur xitoylik kompaniya o‘zining «yettilik» flagmanidan avval hali OnePlus 6T modelini ham taqdim etishi kerak. Balki, 15 yanvarda u mana shu smartfonini namoyish etar, OnePlus 7 taqdimoti esa keyinroqqa qoldirilar.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, 5G-poygada raqobatchilar ko‘p: Apple, Samsung, Oppo, Lenovo, Huawei, Motorola... Ayrim kompaniyalar hattoki televizorlarni ham 5G-modem bilan ta’minlay boshlagan. Voqealar rivojini birga kuzatamiz – bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: 5G modemli ilk 8K-televizor chiqyapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!