5G-poyga: uloqni umuman boshqa xitoylik ilib ketmoqchi!

  •   DiMaX
  •  1804
  •  28.08.2018 15:34

5G-poyga: uloqni umuman boshqa xitoylik ilib ketmoqchi!

Snapdragon 855 protsessori bazasida ishlovchi ilk 5G-smartfonni yaratish borasida Xiaomi va Lenovo kompaniyalari raqobatga kirishganlari haqida kuni kecha xabar bergandik. Endi esa ushbu poygaga yana bitta xitoylik smartfonsoz – Oppo ham qo‘shildi.

O‘QING: Xiaomi vs Lenovo: Snapdragon 855 chipli ilk 5G-smartfon uchun jang

Bugun – 28 avgust kuni Oppo kompaniyasi rasman ma’lum qilishicha, u allaqachon tijoriy bozorga taqdim etilgan smartfon orqali 5G tarmog‘iga ulanish va unda ma’lumot almashish ishlarini samarali tarzda amalga oshirgan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, bunga u joriy yilning bahorida taqdim etilgan Oppo R15 rusumli qurilmasiga Qualcomm X50 modemini ulagan holda erishgan.

Oppo tadqiqot instituti prezidenti Liu Chang (Liu Chang) ma’lum qilishicha, mazkur sinovning muvaffaqiyati kompaniyaning birinchi 5G-smartfonni yaratish bo‘yicha ishlarini tezlashtiradi.

O‘QING: OPPO R17 Pro taqdim etildi: uch modulli kamera, o‘ta tez quvvatlanuvchi ikkita akkumulyator va datchikli ekran!

Aytish kerakki, Oppo R17 modeli taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida kompaniyaning marketing bo‘yicha direktori ilk 5G-smartfonni aynan Oppo taqdim etishi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Biroq 5G-poygada raqobatchilar ko‘p: Apple, Samsung, OnePlus, Lenovo, Huawei, Motorola... Ayrim kompaniyalar hattoki televizorlarni ham 5G-modem bilan ta’minlay boshlagan. Voqealar rivojini birga kuzatamiz – bizdan uzoqlashmang.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: 5G modemli ilk 8K-televizor chiqyapti!