5G-smartfonlar bozorida Samsung birdaniga 4-o‘ringa tushdi! (2021 yil 1-chorak)

  •   DiMaX
  •  1108
  •  04.05.2021 12:01

5G-smartfonlar bozorida Samsung birdaniga 4-o‘ringa tushdi! (2021 yil 1-chorak)

Finbold agentligining reytingiga ko‘ra, 2020 yilning 4-choragida Huawei kompaniyasi faol 5G-qurilmalar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallagan. Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlovchi smartfonlar sotish bo‘yicha yaqingacha Samsung yetakchi edi, ammo hozir vaziyat o‘zgardi.

O‘QING: Smartfon bozoridagi beshta yetakchi: Huawei o‘yindan chiqdi! (2021 yil 1-chorak)

Strategy Analytics kompaniyasi tahlilchilari 2021 yilning birinchi kvartali holatiga ko‘ra 5G-smartfonlar bozori bo‘yicha hisobotni e’lon qilishdi. Buni qarangki, mazkur segmentga hammadan keyin qo‘shilgan Apple korporatsiyasi allaqachon liderga aylanib ulguribdi! Holbuki, janubiy koreyalik texnogigant ushbu raqibi endigina 5G-smartfon chiqarganini masxara qilgan edi.

Apple joriy yilning ilk choragida 5G-protsessorli jami 40,4 millionta ayfon sotgan – bular iPhone 12, iPhone 12 Pro, 12 Pro Max hamda iPhone 12 mini modellaridir. Bu ko‘rsatkich bilan u 5G-smartfonlar bozorining 30,2 foizini egallagan.

Reytingda ikkinchi pog‘onani Oppo band etgan – u yilning birinchi kvartalida 21,5 millionta 5G-smartfon sotgan va ushbu bozordan 16,1% ulush olgan. E’tibor bering: kupertinolik korporatsiya undan salkam ikki baravar yuqori ko‘rsatkichlar namoyon etgan!

O‘QING: O‘ttiz to‘rt dollarlik 5G-smartfonga nima deysiz?

Kuchli uchlikni 19,4 millionta 5G-telefon sotib Vivo kompaniyasi yakunlab bergan – bozorda uning hissasi 14,5 foizga teng. Samsung esa 17 million dona 5G-smartfon bilan atigi to‘rtinchi pog‘onadan joy olib turibdi, uning bozordagi ulushi esa 12,7 foizni tashkil etmoqda.

Eng sermahsul smartfonsozga allaqachon Xiaomi yetay deb qolgan: 16,6 millionta 5G-smartfon sotgan «Xitoycha Apple» mazkur bozorning undan ozgina kam – 12,4 foiz qismini band etib turibdi.

Qolgan barcha kompaniyalar sotgan 5G-smartfonlar jami 19 millionta bo‘lib, umumiy bozorning 14,2 foizini tashkil etgan.

Yana bir muhim ma’lumot: 2020 yilning birinchi choragida dunyo bo‘ylab atigi 24 millionta 5G-telefon sotilgan bo‘lsa, bir yil o‘tib mazkur ko‘rsatkich salkam besh yarim baravarga o‘sib, 133,9 million donaga yetgan.

O‘QING: O‘zbekistonda ilk 5G tijoriy tarmog‘i ishga tushdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!