5G tarmog‘i ishga tushgan 34 ta mamlakatdan bittasi allaqachon monopol bo‘lib ulgurdi!

  •   DiMaX
  •  1365
  •  09.03.2020 16:48

5G tarmog‘i ishga tushgan 34 ta mamlakatdan bittasi allaqachon monopol bo‘lib ulgurdi!

Bugun – 9 mart kuni Huawei kompaniyasi onlayn konferensiya o‘tkazdi. Ushbu tadbir beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i texnologiyalariga aloqador bo‘lgan yechimlar va yangi mahsulotlarga bag‘ishlangan edi.

O‘QING: Mana, 5G tarmoqlarining birinchi va haqiqiy xavfi!

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Huawei kompaniyasi dunyo bo‘yicha 5G baza stansiyalarining asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Bugungi anjumanda uning vakillari ta’kidlashicha, beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlari allaqachon 34 ta mamlakatda tijoriy iste’molga topshirilgan.

Konferensiyada ma’lum qilinishicha, dunyo bo‘yicha barcha 5G baza stansiyalarining 50 foizdan oshig‘i aynan Xitoyning o‘zida o‘rnatilgan ekan. «Osmon osti saltanati»da uchta mobil aloqa operatori yangi avlod tarmog‘ini joriy etgan.

Qizig‘i shundaki, Xitoy operatorlari 5G tarmog‘ida tijoriy xizmat ko‘rsatishni hali o‘tgan yilning oktyabridagina boshlashgan edi, bugun ular allaqachon barchadan o‘zib ketishgan. Janubiy Koreyada esa mazkur tarmoq ancha oldin, 2019 yilning boshidayoq ishga tushirilgan edi.

Aytib o‘tish kerakki, Ucell uyali aloqa operatori O‘zbekistonda ilk bor 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazgan va keyinroq amalda ishga tushirgan. Shuningdek, Uzmobile ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida joriy etgan.

O‘QING: Xitoy butun boshli mamlakatlarni internetdan uzib qo‘yishi mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!