5G tarmog‘i sog‘lik uchun shunchalik xavflimi?

  •   DiMaX
  •  1912
  •  30.09.2019 13:10

5G tarmog‘i sog‘lik uchun shunchalik xavflimi?

Ko‘plab ilg‘or mamlakatlar beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini joriy etish ustida ishlamoqdalar. O‘zbekistonda esa birinchi bo‘lib Ucell uyali aloqa operatori 5G tarmog‘ini, shuningdek, Metrotelekom bilan hamkorlikda metroda ham uyali aloqani ishga tushirdi.

O‘QING: 4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!

Ammo mazkur texnologiyaga hamma ham birdek xayrixoh emas: Shveysariyada 5G tarmog‘ining joriy etilishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lmoqda. Mamlakat poytaxti – Bern shahrida kishilar ushbu tarmoqning ishga tushirilishini taqiqlash talabi bilan plakatlar ko‘tarib ko‘chalarga chiqishgan. Ularning xavotiriga ko‘ra, mazkur texnologiya sog‘lik uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Shveysariya – beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i birinchilar qatorida joriy etila boshlagan mamlakat. Ammo aholisining ma’lum bir qismi hanuz bundan norozi. Shu kunlarda minglab shveysariyaliklar mamlakat parlamenti oldida to‘planib, yangi 5G-antennalar o‘rnatilishining to‘xtatilishini talab qilishmoqda. Ular elektromagnit to‘lqinlarining kishilar sog‘ligiga hamda atrof-muhitga salbiy ta’siridan cho‘chimoqdalar.

O‘QING: UZMOBILE ham 5G texnologiyasini sinov tariqasida ishga tushirdi!

Biroq 5G tarmog‘ining zararini isbotlovchi tadqiqotlar yo‘q, ammo ayrim kishilar go‘yoki «elektromagnit gipersezgirligi»dan aziyat chekayotganliklarini ta’kidlashadi. Kishilar u sababli mobil telefonlar, Wi-Fi routerlar, televizor va boshqa gadjetlarlar ta’siridan noqulaylik sezishar emish.

Shunisi ham borki, Shveysariya shifokorlar federatsiyasi 5G tarmog‘ining zararini rad etuvchi dalillar ham yo‘qligini ta’kidlagan va mamlakatda mazkur texnologiyani rivojlantirishda ehtiyot bo‘lishga chorlagan.

Ayni damda 5G’ning ziyoni masalasi bilan Butunjahon Sog‘likni Saqlash Tashkiloti shug‘ullanmoqda. Shveysariya hukumati ham xatarlarni o‘rganish uchun ekspertlar guruhini to‘plagan; ularning ishlari natijalari yilning yakunida e’lon qilinadi.

Hozircha esa namoyishchilar 5G tarmog‘ining salomatlikka va atrof-muhitga ta’siri o‘rganilguniga qadar unga moratoriy joriy etilishi masalasida referendum o‘tkazilishi uchun kerakli 100 000 imzoni to‘plashga kirishishgan. Shuningdek, ular har qanday nurlanishdan xoli hududlarni ham tashkil etish masalasini ko‘tarib chiqishmoqda.

O‘QING: Infografika: 3G, 4G va 5G’larning o‘zaro farqlarini bilib olamiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!