5G tarmog‘iga ega bo‘lgan eng arzon Galaxy smartfoni chiqmoqda

5G tarmog‘iga ega bo‘lgan eng arzon Galaxy smartfoni chiqmoqda

Samsung kompaniyasi o‘tgan yili Helio P35 chipida ishlovchi Galaxy A12 smartfonini taqdim etgan edi. GalaxyClub'ning ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya ushbu qurilmanning yangi avlodi Galaxy A13 5G smartfonini taqdim etmoqchi.

Smartfonning to‘liq nomidan, uning 5G tarmog‘iga ega bo‘lishi oydinlashdi. Manbada Galaxy A13 5G smartfonining texnik jihatlari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan. Qurilmaning model raqami SM-A13B bo‘lib, narxi 200 yevrodan oshmaydi. A13 qurilmasi 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng arzon Galaxy smartfoni bo‘ladi.

Smartfonning qachon taqdim etilishi hali aniq emas. Biroq o‘tgan yilgi Galaxy A12 noyabr oyida sotuvga chiqqanligini hisobga olsak, Galaxy A13 5G ham shu yilning noyabr oyida taqdim etiladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S21 FE qachon taqdim qilinishi aytildi