5G tarmog‘ining xavfi borasidagi tajriba kutilmagan natijani ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  2024
  •  10.12.2019 17:29

5G tarmog‘ining xavfi borasidagi tajriba kutilmagan natijani ko‘rsatdi!

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i hali endi joriy etilmoqda, ammo uning ziyoni haqida bong urishmoqda. Masalan, Shveysariyada avvalroq 5G tarmog‘ining joriy etilishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan.

O‘QING: Mobil aloqa antennalari hayot uchun zararlimi?

Avstraliyaning Radiatsion muhofaza va yadro xavfsizligi agentligi mutaxassislari 5G tarmog‘ining kishilarga ta’sirini tajribada o‘rganishdi. Bunga sabab – elektromagnit to‘lqinlariga giper sezuvchanligi bor kishilarga ushbu aloqa standartining zarari haqida internetda va televideniyeda xabarlar avj olib ketganidir.

Olimlar gipersezuvchan kishilar ustida shunday tajriba uyushtirishdi: ularni 5G tarmog‘iga ulangan bir nechta qurilma turgan xonaga taklif etib, nimalarni his etganlarini tasvirlash topshirildi. Bunda tajriba qilinayotgan gipersezuvchan kishilar mazkur xonaga bir necha bor qayta-qayta kiritildi va ayni damda o‘sha 5G-devayslarning yoqiq yoki o‘chiq ekani ularga aytilmadi.

O‘QING: Infografika: 3G, 4G va 5G’larning o‘zaro farqlarini bilib olamiz!

Tajriba natijalariga ko‘ra, elektromagnit to‘lqinlariga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan kishilarning birortasi ham 5G-aloqa manbalarining ta’sirini sezishmagan! Tekshirib ko‘rilayotgan kishilarning har biri mazkur qurilmalarning ta’sirini sezayotganini tasvirlab berar ekan, ayni shu damda ulardan birortasi ishlamayotganini hatto payqamagan ham.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tajriba 5G tarmoqlarining insonlar salomatligiga mutlaqo xavfsiz ekanligi anglatmaydi, ammo hatto o‘ta sezuvchan kishilar ham uning ta’sirini sezishmagani – fakt.

O‘QING: 4G va 5G’ni amalda o‘zaro taqqoslab ko‘rishdi: kutilmagan natija!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!