5G texnologiyasiga yaqindagina o‘tgan Apple ham allaqachon 6G ustida ishlamoqda

  •   DiMaX
  •  497
  •  17.11.2020 09:26

5G texnologiyasiga yaqindagina o‘tgan Apple ham allaqachon 6G ustida ishlamoqda

Biz O‘zbekistondagi beshinchi avlod tarmoqlarini va’da qilingan tijorat ishga tushirilishini chin dildan kutayotgan bo‘lgan bir paytda, dunyo yangi bosqichga tayyorlanmoqda. Jumladan, kupertinolik korporatsiya ham oltinchi avlod uyali aloqa texnologiyalari ustida ish boshladi, deb yozadi UZZOOM nashri.

O‘QING: Bizda qishloq aholisi arang 3G ishlatayotgan bir paytda, Oyda...

Telekommunikatsion yechimlar alyansi (ATIS) Apple kompaniyasining Next G Alliance 6G sanoat guruhiga qo‘shilganligini e’lon qildi.

Kupertino kompaniyasidan tashqari alyansga Charter, Cisco, Google, Hewlett-Packard, Intel, Keysight Technologies, LG, Mavenir, MITER va VMware kiradi. Ko‘rinib turibdiki, Huawei va ZTE kompaniyalarining beqiyos texnologik rahbariyati shubha ostiga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning boshida LG kompaniyasi 6G tarmog‘ini yaratishga kirishgan, keyinroq Huawei ham 6G tadqiqotlarini boshlab yuborgan. Shuningdek, bosh direktor Ley Szyun rasman ma’lum qilishicha, Xiaomi ham allaqachon oltinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i – 6G ustida ishlamoqda. Xitoyning yana bir dadil kompaniyasi – Vivo ham Yevropa ittifoqining Intellektual mulk tashkilotiga 6G tarmog‘i bilan bog‘liq patent uchun ariza topshirgan. Bulardan tashqari...

O‘QING: Samsung 6G qachondan boshlab joriy qilinishini aytdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!