6 yoshli bolakay o‘yinlar uchun 16 ming dollar sarflab yuborgani ma’lum bo‘ldi

6 yoshli bolakay o‘yinlar uchun 16 ming dollar sarflab yuborgani ma’lum bo‘ldi

AppleInsider saytining xabar berishicha, 2020-yilning yozida 6 yashar bolakay iPad uchun chiqarilgan Sonic Forces o‘ynining ichki xaridlari uchun App Store'da 16 ming AQSh dollari sarflab yuborgan.

AQShning Konnektikut shtati Vilton shahrida yashovchi Jessika Jonson bir necha oy davomida o‘z kredit kartasidan pul mablag‘lari yechib olinganini sezib qolgan. Mablag‘lar Apple ichki xaridlariga yo‘naltirilgan bo‘lgan. Ushbu xaridlarni Jonson xonimning kenja o‘g‘li Jorj amalga oshirgan. Jorj Sonic Forces o‘ynida qayta-qayta elektron pul sotib olgan.

The New York Post nashrining yozishicha, bolakay iyuldan boshlab bir necha oy davomida jami 16,293.10 AQSh dollari sarflab yuborgan. Jorj, avvaliga, 1.99 dan tortib 99.99 dollargacha bo‘lgan qo‘shimcha paketlarni sotib olgan. 25-iyulga borib, jami xarajatlar 2,500 dollardan oshgan.

Jonson xonim avvaliga bu o‘tkazmalarni avvaliga qalloblik yoki shunchaki xato deb o‘ylagan. Ayol o‘zining Chase bankini firibgarlikda ayblab sudga murojaat qilgach, ko‘rsatilgan xarajatlar rostdan ham haqiqiy ekani ma’lum bo‘lgan. Jonson xonimga Apple’ga murojaat qilish maslahat berilgan.

Apple bilan bog‘langanida esa kompaniya ayolning pullarini qaytarishdan bosh tortgan, sababi Jonson xonim Apple bilan xaridlar amalga oshirilganidan 60 kun ichida bog‘lanmagan edi. Apple Call-markazidagilar Jonson xonimga o‘ta rasmiy munosabatda bo‘lib, iPad'larda xarajatlarni cheklab qo‘yuvchi parametrlar borligini va ularni sozlab qo‘ymaganini bildirgan.

Biroq Jonson xonim iCloud'ga ulangan akkauntidan pul yechilganida email bildirishnoma olganda ham nima sababdan sergak tortmagani qiziq.

Jonson xonim oldindan ehtiyot choralarini ko‘rmaganini tan olib, akkauntdan pul yechilishini cheklab qo‘yuvchi sozlamalar borligidan bexabarligini aytgan. «Albatta, agar bu uchun sozlama borligini bilganimda, 6 yashar o‘g‘limning virtual oltin tangalar sotib olish uchun 20,000 dollarga yaqin pul sarflashiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lardim», deya qo‘shimcha qiladi ona.

Ayol, shuningdek, o‘yin ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni yosh bolalarni xaridlarga qiziqtirishda ham ayblagan: «Qaysi bir katta odam bir sandiq virtual oltin tanga uchun 100 dollar sarflagan bo‘lardi?» deydi u.

Apple bir necha yillardan buyon ota-onalar nazorati opsiyalarini taqdim qilib keladi. Ushbu sozlamalar yordamida ota-onalar iPhone, iPad'lar yoki Mac kompyuterlarida farzandlarining xaridlar amalga oshirishini cheklab qo‘yishi mumkin.

Kompaniya, shuningdek, mikrosayt ham tashkil qilgan bo‘lib, uning yordamida ota-onalarga farzandlarining sarf-xarajatlarini cheklash bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib keladi.

Voqealarning qanday tus olishiga qiziqayotgan bo‘lsangiz, Terabayt.uz saytini kuzatishda davom eting.

O‘QING: Apple'ni yana sudga berishdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!