6000 mAs batareyali, 129 dollarlik Xiaomi smartfoni yarim soatda 70 mingta sotildi!

  •   DiMaX
  •  4751
  •  30.11.2020 10:43

6000 mAs batareyali, 129 dollarlik Xiaomi smartfoni yarim soatda 70 mingta sotildi!

Xiaomi korporatsiyasining Poco (yoki POCOPHONE) subbrendi o‘tgan haftada quvvati 5 kunga yetuvchi, Poco M3 rusumli nostandart telefonini namoyish qilgan edi. Dunyo bo‘yicha eng ommabop 10 smartfon reytingida u, mana uchinchi haftadirki, yetakchilik qilib kelmoqda.

O‘QING: iPhone va Xiaomi smartfonlari importiga to‘siq qo‘yilmoqda

Poco M3 modelining 4/64 gigabaytlik varianti uchun 149 AQSh dollari, 4/128 gigabaytligiga esa 169 dollar miqdorida narx belgilangan. Kompaniya uning savdoga chiqarilishini ataylab 27 noyabrga, ya’ni «Qora juma» – chegirmalar kuniga to‘g‘rilagan.

Ayni shu kuni bu smartfon o‘z narxidan 20 dollarga arzonroq – tegishlicha 129 va 149 dollarga sotilgan. Bu «hiyla» rosa ish beribdi – kompaniya bu xususda Twitter orqa xabar bergan: unga ko‘ra, o‘ttiz daqiqa ichidayoq yetmish mingta Poco M3 sotilgan!

Aytish kerakki, bu yutuqda Poco M3 modelining narxi va xususiyatlari o‘rtasidagi mutanosiblik asosiy rol o‘ynagan. Chunki 6000 mA/soatlik akkumulyatorining quvvati besh kunga yetuvchi, Full HD+ ekranli, asosiy datchigi 48 MPlik uchtalik kameraga yetuvchi smartfonni 129 dollarga boshqa hech kim taklif eta olmaydi-da!

Kompaniya bu yarim soatda Poco M3 sotuvidan qancha pul ishlab olganini aytmagan; biroq narxidan kelib chiqib aytish mumkinki, bu smartfon sotuvidan 30 daqiqada 9 million dollar tushgan. Ushbu modelning xususiyatlari bilan batafsil tanishishni istaganlar mana bu xabarimizga o‘tishlari mumkin.

Bundan tashqari, Xiaomi korporatsiyasining boshqa subbrendi kuni kecha Redmi Note 9 5G, Redmi Note 9 Pro 5G hamda Redmi Note 9 4G rusumli smartfonlarini taqdim etgan. Mazkur modellarini Redmi kelasi oy boshidan – 1 dekabrdan ochiq savdoga chiqaradi, hozir esa ular uchun oldindan buyurtma olyapti va...

O‘QING: Sotuvga chiqmasidanoq rekord o‘rnatgan Redmi Note 9 Pro 5G siri nimada?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!