64 megapiksellik kamerali ilk smartfonni Samsung chiqarmoqchi edi, lekin...

  •   DiMaX
  •  1681
  •  24.07.2019 12:25

64 megapiksellik kamerali ilk smartfonni Samsung chiqarmoqchi edi, lekin...

Smartfonlar kameralari uchun 64 megapiksellik optik datchikni aynan Samsung ishlab chiqqan va u ISOCELL Bright GW1 deb nomlanadi. Biroq negadir ushbu kamerani qo‘llovchi qurilmani birinchi bo‘lib boshqa – xitoylik smartfonsozlar taqdim etishyapti!

O‘QING: Samsung damini olsin - 64 MPlik ilk smartfonni birinchi bo‘lib Realme ko‘rsatadi!

Buning sababini faqat Samsung biladi, ammo Ice Universe nomi bilan mashhur bo‘lgan insayder ham bir nimalarni biladi-yov. Uning Twitter’da yozishicha, janubiy koreyaliklar chindan ham ISOCELL Bright GW1 datchikli kameraga ega smartfon tayyorlashgan. Bu qurilma Galaxy A turkumiga mansub bo‘lib, R6 kodli nomi ostida tayyorlanayotgan ekan.

Hatto ushbu smartfonning modeli ham aytilgandi, lekin Samsung noma’lum sababga ko‘ra bu model ustidagi ishlarini to‘xtatibdi.

O‘QING: Galaxy A70S – kamerasi 64 megapiksellik birinchi smartfon!

Shu tariqa, ISOCELL Bright GW1 datchiklarining barchasi hozircha Realme hamda Xiaomi kompaniyalariga sotiladi va Samsung bu borada birinchi bo‘la olmaydi. Ice Universe’ning ta’kidlashicha, janubiy koreyaliklarda ham baribir 64 megapiksellik kamerali smartfon bo‘ladi, faqat uning taqdimoti keyingi yilga qoldirilgan.

«Xitoycha Apple» esa ISOCELL Bright GW1 datchigiga ega bo‘lgan birinchi kamerofonini hamyonbop Redmi brendi ostida namoyish qilmoqchi. Uning aynan qaysi model ekanligi haqida munozaralar boshlandi. Eng ommabop variantlar – Redmi K30 hamda Redmi Note 8 bo‘lib turibdi.

O‘QING: Redmi kamerasi 64 MPlik birinchi smartfonini va unda olingan rasmni e’lon qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!