64 mln dollarlik telefonlarni O‘zbekiston qayerlardan import qildi?

  •   DiMaX
  •  1162
  •  30.11.2020 16:04

64 mln dollarlik telefonlarni O‘zbekiston qayerlardan import qildi?

Joriy yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, mamlakatga qiymati 64,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 781,7 ming dona mobil telefonlar import qilingan. Bu to‘g‘rida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bermoqda.

O‘QING: IMEI-kodlar davlatni qanchaga boyitganini bilasizmi?

O‘zbekistonga 19 ta davlatdan mobil telefonlar olib kelingan; ular orasidan esa eng ko‘p quyidagi davlatlardan import qilingan:

  1. Xitoy – 556,6 ming dona;
  2. Vetnam – 143,4 ming dona;
  3. Hindiston – 36,7 ming dona;
  4. BAA – 23,9 ming dona;
  5. Rossiya – 11,3 ming dona.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatda 2019 yilda 235 ming dona, qiymati 31,7 mlrd. so‘mlik uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.

O‘QING: IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha aniq va lo‘nda qo‘llanma