64 MPlik kvadrokamera va 6000 mA/soatlik batareyali Samsung «megamonstr»ining xotirasi ham katta! Lekin narxi...

  •   DiMaX
  •  5247
  •  19.02.2020 08:52

64 MPlik kvadrokamera va 6000 mA/soatlik batareyali Samsung «megamonstr»ining xotirasi ham katta! Lekin narxi...

Bir haftadan keyinoq Samsung o‘zining avtonomlik bo‘yicha «megamonstr» – Galaxy M31 smartfonini taqdim etadi. Garchi arzon turkumga mansub bo‘lsa-da, unda asosiy sensori 64 megapiksellik to‘rt modulli bosh kamera qo‘llangan.

O‘QING: Galaxy M31 o‘zi arzon bo‘lsa-da, o‘rta narxli Galaxy A51 bilan bellasha oladi! («jonli» surat)

Kutilayotgan qurilmaning kuchli jihatlaridan yana biri – 2019 yilning sentyabrida chiqqan arzon Galaxy M30s smartfonidagi kabi, 15 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvat olishga qodir bo‘lgan, naq 6000 mA/soatlik akkumulyatoridir. Taniqli tarmoq informatori Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) kuni kecha Galaxy M31 modelining yangi suratlari va deyarli barcha xususiyatlarini e’lon qildi.

Shunday qilib, bu modelda Super AMOLED displey o‘lchami diagonaliga 6,4 dyuymni tashkil etadi, tasvir aniqligi esa Full HD+ formatida. Samsung unda o‘zining Exynos 9611 protsessorini qo‘llaydi. Galaxy M31 tezkor xotirasi 6 GB bo‘lib, yana «bag‘rikeng» ham ekan – doimiy xotirasi naq 128 gigabaytlik!

O‘QING: Galaxy A41 benchmarkda: Samsung uni arzon qilish uchun kutilmagan ishga qo‘l uribdi!

Galaxy M31’ning displey kemtigiga joylangan old kamerasi selfi ishqibozlariga ma’qul keladi – naq 32 megapiksellik sensor. To‘rttalik bosh kamera esa yanada kuchli – 64, 8, 5 va 5 megapiksellik modullar. Bulardan ikkinchi datchik o‘ta keng burchakli ob’yektiv bilan, uchinchisi – makroob’yektiv bilan taqdim etilgan bo‘lib, oxirgisi sahna chuqurligini o‘lchashga xizmat qildi.

Galaxy M31 korpusi 159,2x75,1x8,9 millimetrlik o‘lchamga va 191 grammlik vaznga ega. Samsung uni qora, ko‘k va qizil ranglarda, lekin nisbatan yuqori narxda taklif etadi. Galaxy M30s boshida 195 dollarga baholangan bo‘lsa, Galaxy M31 narxi 225 dollardan bo‘lishi aytilmoqda.

O‘QING: Samsung ikkita hamyonbop smartfonini Android 10’ga ertaroq yangilay boshladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!