64MP kamerali Samsung Galaxy F42 5G taqdim qilindi

64MP kamerali Samsung Galaxy F42 5G taqdim qilindi

Samsung o‘zining eng so‘nggi o‘rta toifa smartfoni Galaxy F42 5G'ni Hindiston uchun taqdim qildi. Smartfon yaqinda Janubiy Koreya uchun chiqarilgan Wide5 yoki global bozordagi Galaxy A22 smartfonlariga o‘xshash.

O‘QING: Samsung Galaxy M52 5G taqdim qilindi

Galaxy A22 bilan taqqoslaganda, F42 kamerasi kuchliroq. Smartfon korpusi rangi yangicha tus kasb etgan va kamera moduli dizayni biroz o‘zgargan.

Galaxy F42 5G'ga Full HD+ aniqlikdagi 6.6” LCD panel o‘rnatilgan bo‘lib, tomchisimon tirqish ichiga 8MP selfi kamera joylangan. Orqa panelda esa 64MP asosiy, 5MP uktrakeng va 2MP sath kamerasi bor.

Smartfon MediaTek Dimensity 700 chipida ishlab, sakkiz yadroli COU'ga ega. Ikkita qudratli yadrolar chastotasi 2.2GHz'gacha chiqadi.

Galaxy F42 5G Hindistonda 6GB yoki 8GB tezkor, 128GB doimiy xotirali talqinda sotiladi. microSD karta sloti bilan xotirani 1TBgacha kengaytirish mumkin.

Afsuski, Galaxy F42 5G smartfoni Galaxy A22 5G kabi Mint, Violet va White ranglarida mavjud bo‘lmaydi. Qurilmani Flipkart orqali Matte Aqua yoki Matte Black ranglaridan birida sotib olish mumkin.

Savdolar 2 oktyabrdan boshlanadi. Kompaniya smartfon uchun 282 yoki 310 dollar so‘ramoqda.

O‘QING: Ayni vaqtda sotib olish mumkin bo‘lgan eng yaxshi Galaxy smartfonlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!