67 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga chiqadigan MIUI 12 global taqdimotini «jonli» ko‘ramiz! (modellar ro‘yxati va havola)

  •   DiMaX
  •  4909
  •  19.05.2020 15:43

67 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga chiqadigan MIUI 12 global taqdimotini «jonli» ko‘ramiz! (modellar ro‘yxati va havola)

Xiaomi korporatsiyasi MIUI 12 grafik qobig‘ini bugun – 19 may kuni global versiyada taqdim etishi haqida yozganmiz. Kompaniya ushbu apdeytgacha yangilanuvchi 32 modeldagi smartfon ro‘yxatini ham bergan.

O‘QING: 28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!

«Xitoycha Apple» ushbu taqdimotga bag‘ishlangan matbuot anjumanini YouTube orqali jonli efirda o‘tkazmoqchi. Onlayn tadbir Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi va uni o‘sha vaqtdan boshlab mana bu yerda ko‘rishingiz mumkin:

Aytish kerakki, Xitoyning o‘zida foydalanuvchilar allaqachon beta-test dasturi doirasida MIUI 12 proshivkasini ishlatib ko‘rishmoqda.

O‘QING: MIUI 12’dagi Super Wallpaper’larni istalgan Android-smartfonga o‘rnata olasiz! (tayyor havola + «jonli» video)

Xiaomishka nashrining yozishicha, MIUI 12 grafik qobig‘ini qabul qiluvchi smartfon modellari soni kompaniya e’lon qilgan 32 tasi bilan cheklanib qolmaydi. Unga ko‘ra, quyidagi rusumlarga mansub bo‘lgan Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlari uchun ushbu apdeyt chiqadi:

  1. Mi 10 Lite Zoom Edition;
  2. Mi 10 Lite 5G;
  3. Mi 10 Pro;
  4. Mi 10;
  5. Mi 10 Youth Edition;
  6. MI 9 Pro 5G;
  7. Mi 9 Transparent Edition;
  8. Mi 9 SE;
  9. Mi 9 Lite;
  10. Mi 9T;
  11. Mi 9T Pro;
  12. Mi 9;
  13. Mi 8 Screen Fingerprint Edition;
  14. Mi 8 Explorer Edition;
  15. Mi 8 SE;
  16. Mi 8 Youth Edition;
  17. Mi 8 Lite;
  18. Mi 8 Pro;
  19. Mi 8;
  20. Mi 6X;
  21. Mi 6;
  22. Mi Mix 3;
  23. Mi Mix 2s;
  24. Mi Mix 2;
  25. Mi CC9 Pro / Premium Edition;
  26. Mi CC9e;
  27. Mi CC9 Meitu Custom Edition;
  28. Mi CC9;
  29. Mi Max 3;
  30. Mi Note 3;
  31. Mi Note 10;
  32. Mi Note 10 Pro;
  33. Mi Note 10 Lite;
  34. Pocophone F1 / POCO F1;
  35. Poco X2;
  36. Poco F2 Pro;
  37. Poco M2 Pro;
  38. Redmi K30 Pro Zoom;
  39. Redmi K30 Pro;
  40. Redmi K30i 5G;
  41. Redmi K30 5G / Extreme Edition;
  42. Redmi K30 4G;
  43. Redmi K20 Pro / Premium Edition;
  44. Redmi K20;
  45. Redmi Note 10 / Pro;
  46. Redmi 10X;
  47. Redmi Note 9 Pro Max;
  48. Redmi Note 9 Pro (India / Global);
  49. Redmi Note 9S;
  50. Redmi Note 9;
  51. Redmi 9;
  52. Redmi Note 8 Pro;
  53. Redmi Note 8 / 8T;
  54. Redmi 8;
  55. Redmi 8A;
  56. Redmi 8A Dual / Pro;
  57. Redmi Note 7 Pro;
  58. Redmi Note 7 / 7S;
  59. Redmi 7;
  60. Redmi 7A;
  61. Redmi Note 6 Pro;
  62. Redmi 6 Pro;
  63. Redmi 6;
  64. Redmi 6A;
  65. Redmi Note 5 / Note 5 Pro,
  66. Redmi S2 / Redmi Y2;
  67. Redmi Y3.

Mana bu modellar esa MIUI 11 proshivkasi bilan qoladi – ularga MIUI 12 grafik qobig‘i tarqatilmaydi:

  1. Mi MIX;
  2. Mi Note 2;
  3. Mi Max 2;
  4. Redmi Note 5A Prime / Y1;
  5. Redmi Note 5A / Y1 Lite;
  6. Redmi 5 Plus;
  7. Redmi 5;
  8. Redmi 5A;
  9. Redmi Note 4x (Snapdragon);
  10. Redmi 4X.

MIUI dasturchilari yangi avlod grafik qobig‘ini so‘nggi o‘n yillikdagi eng zo‘r proshivka, deya bemalol maqtanishyapti. Uni sinab ko‘rayotganlar esa chindan ham iOS bilan tenglashtirishyapti.

Eslatib o‘tamiz, beshta rusumdagi Xiaomi hamda Redmi smartfonlari egalari allaqachon global MIUI 12 testlarida ishtirok etishyapti!

O‘QING: MIUI 12 «super oboy»lari tushadigan smartfonlar ro‘yxati + «jonli oboy»larni yuklab olish uchun havolalar

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.