6G insoniyatga nima beradi? Kelajak tarmog‘ini yaratish boshlab yuborilgan!

6G insoniyatga nima beradi? Kelajak tarmog‘ini yaratish boshlab yuborilgan!

5G texnologiyasi butun dunyo bo‘ylab asta sekinlik bilan rivojlanib borayotgan bir vaqtda allaqachon 6G fundamentini yaratish boshlab yuborildi. Uning asosiy ustunligi, inson miyasi darajasida fikrlovchi sun’iy intellektlar bilan kontaktsiz aloqaga kirishish va boshqa aqlbovar qilmas funksiyalarni ishlatish imkonini yaratadi.

O‘QING: Hali 5G tarmog‘i joriy etilmay turib, LG allaqachon 6G-internet ustida ishlamoqda!

Ayni damda 6G tarmog‘i ustida to‘qqizta yirik universitetlardan tashkil topgan ComSenTer birlashmasi ter to‘kmoqda. Birlashma ilmiy ishlari chastotasi 140 GGs, 220 GGs va 340 GGs bo‘lgan birinchi test rejimidagi baza stansiyalarini ishga tushirish imkonini yaratishi ko‘zda tutilgan.

6G tufayli barcha murakkab hisob-kitoblarni bajarish vazifasi inson miyasi kabi fikrlovchi sun’iy intellekt zimmasiga o‘tadi. Taxminan 2036 yilga kelib, bunday vazifani bajaruvchi kompyuterni 1000 dollardan sotib olish mumkin bo‘ladi. 6G standarti ushbu klassdagi  qurilmalarni istalgan nuqtadan boshqarish imkonini beradi.

Shuningdek, yangi tarmoq tufayli tunda sifatli suratga oluvchi millimetrlik kameralar, yirik chastotali radarlar, personal tekshirish uchun teragersli skanerlar va boshqa yuksak innovatsion texnologiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Infografika: 3G, 4G va 5G’larning o‘zaro farqlarini bilib olamiz!