7 iyuldan chiqayotgan PUBG yangi xaritasida sizni nimalar kutmoqda? (+video)

  •   DiMaX
  •  814
  •  29.06.2021 17:31

7 iyuldan chiqayotgan PUBG yangi xaritasida sizni nimalar kutmoqda? (+video)

PlayerUnknown's Battlegrounds (mobil versiyasi – PUBG Mobile) eng ommabop o‘yinlardan biridir. Uning ishlab chiquvchilari yaqin kunlarda chiqadigan yangilanish haqidagi ayrim tafsilotlarni ulashishdi.

O‘QING: PUBG Mobile bitta mamlakat uchun eksklyuziv versiyada chiqyapti (+video)

Ushbu apdeyt bilan o‘yinga «8 ga 8» o‘lchamidagi, Taego nomli yangi xarita qo‘shiladi. Geymerlarni unda biryo‘la bir nechta betakror mexanikalar kutmoqda. Shulardan biri Comeback BR deb nomlangan bo‘lib, ko‘k hududning birinchi fazasida o‘lgan o‘yinchilar alohida lokatsiyada o‘zaro jang qiladilar. Comeback Arena’da omon qolganlar uchinchi fazadan o‘yinga qayta oladilar.

Taego xaritasida yana Self AED nomli predmet topish mumkin, uning yordamida DBNO holatidagi geymerlar mustaqil ko‘tarila oladilar. Agarda otryad a’zolarining loaqal bittasida Self AED bo‘lsa, otryad a’zolarining barchasi bir vaqtda DBNO holatida bo‘la oladilar.

Va nihoyat, Taego xaritasida K2 rusumli hujum miltig‘i, Mk12 modelidagi snayper vintovkasi hamda Hyundai Pony Coupe transporti ham bor.

O‘QING: Musulmonlar e’tirozi bois PUBG Mobile’dan butparastlik animatsiyasi olib tashlandi

Taego xaritasidagi yangicha o‘yindan lavhalarni quyida ko‘rishingiz mumkin – ruscha subtitrlar yordamida tushunib olish qiyin emas:

PlayerUnknown's Battlegrounds o‘yinining ushbu yangilanishi kompyuterlar uchun 7 iyulda, konsollar uchun esa 15 iyulda taqdim etiladi.

O‘QING: PUBG Mobile milliardlab dollar daromadni qayerlardan olyapti o‘zi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!