7 iyungacha Xiaomi va Redmi smartfonlarini yanada arzon olish imkoni bor!

  •   DiMaX
  •  2813
  •  02.06.2020 13:52

7 iyungacha Xiaomi va Redmi smartfonlarini yanada arzon olish imkoni bor!

Xiaomi korporatsiyasi Rossiyadagi rasmiy sayti orqali turli ayrim mahsulotlarini arzon sotib kelmoqda. Uning navbatdagi aksiyasi «Iyun chegirmalari» deb nomlangan va 7 iyunga qadar davom etadi.

O‘QING: Xiaomi Mi Band 5 bilaguzugi qachon taqdim qilinadi?

«Iyun chegirmalari» aksiyasi doirasida ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlari uchun 3000 rublgacha boruvchi chegirmalar va’da qilmoqda. Shuningdek, ba’zi tovarlar xaridida hadyalar ham qo‘shib beradi.

Masalan, Xiaomi Mi Note 10 Pro smartfoni sotib olayotib, Mi Body Composition Scale 2 aqlli tarozisini ramziy 1 rubl evaziga qo‘lga kiritish mumkin (alohida holida bu gadjet 2 490 rubl turadi). Yaqindagina chiqqan Redmi Note 9S xaridida esa 2000 rubllik chegirmadan tashqari, Redmi Power Bank portativ akkumulyatorini sovg‘aga olish imkoni bor.

O‘QING: O‘ta arzon Redmi 9A va Redmi 9’dan tashqari Redmi 9C ham tayyor: batafsil xususiyatlari va narxlari

4 iyundan boshlab esa Redmi Note 9 Pro xarid qilayotib, Mi Band 4 fitnes-bilaguzugini atigi 1 rublga olish mumkin bo‘ladi. O‘sha kundan Xiaomi Mi 10 flagmani xaridorlariga kompaniya ulkan saxovat ko‘rsatyapti: alohida holida 19 660 rubllik Redmi Note 8 Pro smartfonini sovg‘a qilishadi!

Aksiya doirasida Redmi Note 8T smartfoni uchun 3 799 rubllik, Redmi Note 8 Pro uchun esa – 3 ming rubllik chegirmalar e’lon qilingan. Shuningdek, boshqa rusumlardagi smartfonlarga, Xiaomi ekotizimining changyutgichdan tortib chemodangacha bo‘lgan turli vakillari uchun chegirmalar amal qiladi.

Demak, ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalanishlari mumkin. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi allaqachon ikkita smartfoniga global barqaror MIUI 12 tarqatyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.